Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan IIB xodimlari qamaldi
|00:59 / 25.04.202622 7239 min
Namangan şahrida profilaktika inspektori Bahrom Döstnazarovning “gaplaşib olamiz” degan gapiga işonib IIB binosiga borgan Abdulahad Örmonov ölasi qilib kaltaklandi. Söng xodimlar uni huquqbuzar sifatida qamaşga harakat qilişgan. Biroq sud işni qaytarib yuborişi sabab ularning bu ğayriinsoniy rejasi amalga oşmay qoldi. Maqolada içki işlar organi xodimlari sodir etgan uşbu jinoyat tafsilotlari haqida hikoya qilinadi.
Namanganda fuqaroni kaltaklab, unga oğir tan jarohati yetkazgan 3 nafar IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.
Özaro nizo ildizi
Sud hukmiga köra, IIB xodimi Bahrom Döstnazarov va fuqaro Abdulahad Örmonov örtasida avvaldan kelişmovçilik bölgan: Döstnazarov Namangan şahridagi Oltitoş mahallasida profilaktika inspektori lavozimida işlagan, Örmonov esa uşbu mahallada yaşagan.
Abdulahad Örmonov bir neça bor oilaviy nizo sabab turmuş örtoği bilan janjallaşgan. Bahrom Döstnazarov hudud “uçastkavoyi” sifatida holatga aralaşgan va Abdulahad Örmonovga çora körgan. Şu tariqa Örmonov turmuş örtoği va profilaktika inspektori örtasida işqiy munosabat bor degan xulosaga kelgan.
Bahrom Döstnazarov 2023 yilning mart oyida Norin tumanidagi Yaydoq mahallasi hududiga profilaktika inspektori vazifasiga işga ötkazilgan. Ammo u özining şaxsiy masalalarida muntazam ravişda Oltitoş mahallasiga kelib yurgan. Döstnazarovning bunday “serqatnovligi” Abdulahad Örmonovdagi şubhani oşirgan.
2025 yilning 14 avgusti. Bahrom Döstnazarov maşinasini ta’mirlatiş maqsadida Namangan şahri Guzar mahallasi hududidagi ustaxonaga borgan. Bu paytda uning Çust tumani IIB profilaktika inspektori lavozimiga işga ötkazilganiga 10 kun bölgandi. Abdulahad Örmonov uni körib qolgan va turmuş örtoği bilan örtalarida işqiy munosabatlar borligiga izoh berişni talab qila boşlagan.
“Gaplaşib olamiz”
Sud hujjatida keltirilişiça, Bahrom Döstnazarov ğazab otiga minib, Abdulahad Örmonovni qamatiş orqali undan öç olmoqçi bölgan. “Gaplaşib olamiz”, degan u Örmonovdan Namangan şahar 1-sonli IIB binosi oldiga borişni talab qilib.
Şu tariqa profilaktika inspektori IIB binosiga ketgan, Abdulahad Örmonov uning ketidan borgan. Bu paytda soat 17:45 lar çamasi bölgan.
Mavzuga oid
Bahrom Döstnazarov IIB binosi kiriş qismida Abdulahadni kutib turgan. Söngra hamkasbi Islom Qodirovga qönğiroq qilib, göyoki Abdulahad Örmonov ortidan kuzatib kelgan holda qölida piçoq bilan tahdid qilayotganini aytgan.
Voqea joyiga profilaktika inspektorlari Islom Qodirov va Muhammad Tojiboyev yetib kelgan. Bahrom Döstnazarov ular bilan uçraşib, Abdulahad Örmonovni huquqbuzarlikda ayblagan holda qamaşda amaliy yordam söragan.
Kamerasiz xonadagi qiynoq
Şu tariqa uçalasi Abdulahad Örmonovni mayda bezorilik sodir etganlikda ayblab, kuç işlatgan holda IIB binosining kiriş qismidagi yölakka olib ötgan. Avvaliga heç bir asossiz uning yonida piçoq borligi vaji bilan şaxsiy tintuv ötkazişgan. Söngra qöliga kişan taqib, fuqarolarni qabul qiliş xonasiga olib kirişgan. Bu xonada videokamera bölmagan.
Şundan söng Bahrom Döstnazarov uzoq muddatga qamatib yuboriş bilan tahdid qilgan holda Örmonovning yuz qismiga muşt tuşirgan. U zarbadan yiqilgan. Islom Qodirov sakragan holda tizzasi bilan yerda yotgan Örmonovning qorin va kökrak qismiga zarba bergan. Muhammad Tojiboyev ham uni bir neça bor tepgan.
Abdulahad Örmonov 3 nafar IIB xodimining zarbalari oqibatida oğir tan jarohati olgan.
Jinoyatni yaşirişga harakat
Profilaktika inspektorlari Abdulahad Örmonovni jarohatlab, nima iş qilib qöyişganini tuşunib turişgandi. Şu sababli, ular öz qilmişlarini yaşiriş haqida öylay boşlaşadi: Örmonovni avvaliga öşa kamerasiz xonada, söngra IIB binosining köça tomonga körinmaydigan qismida soat 22:34 ga qadar uşlab turişadi.
Şundan keyin xodimlar öz harakatlariga qonuniy tus beriş uçun profilaktika inspektorlari Abdulaziz Murodov va Bobur Abdullayevga Abdulahad Örmonovni zudlik bilan şifokor körigidan ötkazib, Namangan şahar IIBga ma’muriy tartibda uşlab turişga yetkaziş topşiriğini berişadi.
Şu tariqa aslida jabrlanuvçi bölgan Örmonovni mayda bezorilik, tuhmat hamda içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarliklarida ayblanib, ma’muriy tartibda uşlab turiş maqsadida Namangan şahar IIB navbatçilik qismiga topşiriladi. Ammo navbatçilik qismi navbatçisi töplangan hujjatlar töliq emasligini bildirib, Örmonovni qabul qilişni rad etadi.
Şundan söng Bahrom Döstnazarov oğir tan jarohati olgan Abdulahad Örmonovning qöyib yuboriş haqidagi iltimoslariga e’tibor ham bermagan holda uni Yangi quriliş mahallasi binosidagi profilaktika inspektori xonasida 15 avgust kuni ertalabga qadar uşlab turadi. Özi esa Örmonovga nisbatan töplangan hujjatlarning “kam-köstini” töldiradi. Ya’ni yolğon ma’lumotlar kiritgan holda hujjatlarni soxtalaştiradi. Söngra işni mazmunan körib çiqiş uçun JIB Namangan şahar sudiga taqdim etadi.
Suddan qaytgan iş
Bahrom Döstnazarovning maqsadi nima qilib bölsa-da, Abdulahad Örmonovni ma’muriy qamoqqa tiqiş edi. Biroq sudya hujjatlardagi kamçiliklar sabab qöşimça suriştiruv ötkaziş uçun işni IIBga qaytarib yuborgan.
Sud ajrimida keltirilişiça, göyoki “Abdulahad Örmonov Namangan şahrining Objovuz mahallasi hududida A.Qahhorov bilan özaro tortişib qolgan va haqoratlagan, uni tinçlantirmoqçi bölgan IIB xodimlarining esa qonuniy talablarini bajarmagan”. Bu Bahrom Döstnazarov ma’muriy bayonnomalarni ayni şu yolğon ustiga soxtalaştirganini körsatadi.
Hayoti saqlab qolindi
Abdulahad Örmonovni ma’muriy qamoqqa tiqiş imkoni bölmadi, qolaversa unda jarohat izlari bor. Şu bois, ahvoli yaxşilanib, şikoyat qiliş fikridan qaytgunga qadar uni nazorat qilib turiş zarurati yuzaga kelgandi. Bahrom Döstnazarov nima qilişni bilmay, göyoki Örmonov özi bilan “dam olib yurganini” sahnalaştirişga harakat qiladi. Buning uçun Abdulahad Örmonovning qaynotasi va qarindoşini ham olib, Pop tumaniga borişadi.
Biroq 16 avgust kuni keçda olgan tan jarohatlari sababli Abdulahad Örmonovning ahvoli oğirlaşadi. Şunda Bahrom Döstnazarov uni Namangan şahridagi xususiy şifoxonaga taşlab ketadi.
Örmonovning yaqinlari zudlik bilan uni respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam ilmiy-markazi Namangan filialiga ötkazgan. Öz vaqtida körsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
“Men urmadim”
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, Bahrom Döstnazarov 2025 yil 6 sentabrda, Islom Qodirov 8 sentabrda va Muhammad Tojiboyev 26 noyabr kuni qamoqqa olingan.
Sudda ularning birortasi öz aybiga iqrorlik bildirmagan. Hatto aybni bir-birlariga tönkaşga urinişgan.
Masalan, Bahrom Döstnazarov öz körsatmasida Abdulahad Örmonovni aslida kamerasiz xonada Islom Qodirov urganini bildirgan.
“Islom Qodirov Örmonovning yuz qismiga qöli bilan urganida u yerga ötirib qoldi. Şu vaqt Islom Qodirov uning qorin sohasiga zarb bilan qattiq tepdi. Abdulahad Örmonov kaltakning zarbidan uvillab yiğlay boşladi. Ularni ajratib, Islom Qodirovni çetga surdim”, degan Bahrom Döstnazarov.
Islom Qodirov esa körsatmasida Örmonov kaltaklangan xonaga umuman kirmaganini ma’lum qilgan.
“Bahrom Döstnazarov Abdulahad Örmonovni fuqarolarni qabul qiliş xonasiga olib kirib ketdi. Eşikni içkaridan yopib oldi. Şu vaqt xonadan Bahrom Döstnazarov Örmonovni yerga taşlab yuborgan ovozi eşitildi. Söng u yerdan ketdim”, degan u.
Ammo sudda söralgan guvohlar kamerasiz xonada uçala sudlanuvçi ham bölganini bildirişgan.
Jazo
JIB Namangan şahar sudining 2026 yil 13 fevraldagi hukmi bilan sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “k” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 230-1-moddasi (dalillarni soxtalaştiriş) 2-qismi “a” bandi hamda 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Bahrom Döstnazarovga 7 yil, Islom Qodirovga 6 yil va Muhammad Tojiboyevga 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.
Şuningdek, ular 3 yil muddatga içki işlar idoralari tizimida, şuningdek, davlat korxona, muassasa va taşkilotlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan.
Apellyatsiya sudida işning Bahrom Döstnazarovga oid qismi körib çiqilib, dastlabki sud hukmi özgarişsiz qoldirildi.