Rossiyada migrantlar uçun davlat bojlari miqdori 10-12 barobar oşişi mumkin. 27 aprel kuni Rossiya hukumati Moliya vazirligining tegişli qonun loyihasini ma’qulladi. Narxlarning oşişi kiriş, yaşaş guvohnomasi va fuqarolikni oliş uçun taklifnomalarni rasmiylaştirişga ta’sir qiladi.
Bundan taşqari, yaşaş guvohnomasini almaştiriş, şuningdek yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangi hujjat beriş uçun yangi bojlar joriy etilmoqda.
Şunday qilib, çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun yaşaş guvohnomasini oliş uçun boj 6 mingdan 30 ming rublgaça, ya’ni 400 foizga oşadi, deb yozdi «Izvestiya».
Tuzatişlarga köra, Rossiya fuqaroligini oliş va undan çiqiş uçun boj 4,2 ming rubldan 50 ming rublgaça oşadi. Kiriş uçun taklifnoma narxi 960 rubldan 8 ming rublgaça, oddiy viza narxi 1,2 mingdan 2 ming rublgaça, köp martalik viza narxi 1,92 mingdan 6 ming rublgaça oşadi.
Vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi 1,92 mingdan 15 ming rublgaça, yaşaş guvohnomasi esa 6 mingdan 30 ming rublgaça qimmatlaşişi mumkin.
Xorijiy talabalar uçun vaqtinçalik yaşaş joyini rasmiylaştiriş avvalgi 1,92 ming rubl örniga 8 ming rublga tuşadi.
Şuningdek, xorijiy işçilarni jalb qiliş uçun bojni 12 mingdan 15 ming rublgaça oşiriş taklif qilinmoqda.
Yangi turdagi bojlar ham qöşiladi - yaşaş guvohnomasini almaştiriş (6 ming rubl) va vaqtinça yaşaş uçun, şu jumladan ta’lim oliş uçun ruxsatnoma dublikatini beriş (5 ming rubl).
Moliyaviy-iqtisodiy asoslaşga köra, migratsiya sohasidagi yangi davlat bojlarini oşiriş va joriy etişdan federal budjetning kutilayotgan qöşimça daromadlari hajmi 2026 yil 1 iyuldan boşlab yiliga taxminan 7,9 milliard rublni, 2027 yil 1 yanvardan esa taxminan 15,8 milliard rublni taşkil etadi, deb yozdi RBK.
Şu bilan birga, ekspertlar yiğimlarning bunday keskin ösişi yaşirin bandlikni oşirişi, işçilarni yollaşni qiyinlaştirişi va Rossiyaning xorijiy talabalar va mutaxassislar uçun jozibadorligini pasaytirişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.








