Parijda joylaşgan “Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat taşkiloti 2026 yil uçun Matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi.
Unda Özbekiston 180 ta mamlakat orasida 147-örinda qayd etilgan va matbuot erkinligi böyiça vaziyat “juda jiddiy” davlatlar qatorida qolmoqda.
Özbekistonning indeksdagi örni ötgan yilgidan 1 poğonaga kötarilgan, ammo reyting ballarida pasayiş bor.
Xalqaro kuzatuvçilar 2025 yilda Özbekistondagi matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyatni 100 balldan 35,24 ballga baholagan bölsa, joriy yilda 34,95 ball berilgan.

Yangilangan indeksning iqtisodiy va xavfsizlik indikatorlari böyiça Özbekistonning ballari yaxşilangan bölsa, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy indikatorlardagi ballari kamaygan. Taqqoslaş uçun, 2025 yilgi indeksda Özbekistonning ballari beşala indikator böyiça ham pasayişni körsatgan edi.
Matbuot erkinligi indeksi – Özbekiston davlati özi uçun muhim deb hisoblovçi xalqaro reytinglar qatoriga kiradi. Unda 180 ta mamlakatdagi matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyat “yaxşi”, “qoniqarli”, “muammoli”, “murakkab” va “juda jiddiy” toifalarga ajratib kelinadi.
Özbekiston uzoq yillar vaziyat “juda jiddiy” mamlakatlar qatorida bölib kelgan, 2016-2017 yillardan boşlangan islohotlar natijasida 2019 yilga kelib “murakkab” vaziyatli davlatlar qatoriga qöşilgan, ammo 2024 yilga kelib “juda jiddiy” toifaga qaytgan edi.

2026 yilgi indeksda Markaziy Osiyodan Qirğiziston 146-örinda, Özbekiston 147-örinda, Qozoğiston 149-örinda, Tojikiston 155-örinda, Turkmaniston 173-örinda qayd etilgan.
Tahlilçilar faqat 7 ta davlatni matbuot erkinligi böyiça vaziyat “yaxşi” deb hisoblamoqda, bular quyidagilar: Norvegiya, Niderlandiya, Estoniya, Daniya, Şvetsiya, Finlandiya, Irlandiya.
180 ta mamlakatdan 100 tasida oxirgi bir yilda matbuot erkinligi darajasi tuşgan. “Çegara bilmas muxbirlar”ga köra, dunyo miqyosida matbuotga siyosiy bosimlar kuçayyapti, avtokratik tendensiyalar ösib boryapti, media bozori moliyaviy jihatdan sezilarli zaiflaşmoqda.








