Visual Capitalist tayyorlagan reyting BMTning Jahon turizm taşkiloti hamda Jahon bankining eng sönggi ma’lumotlari asosida tuzilgan bölib, unda xalqaro sayyohlar oqimi aholi soniga nisbatan eng yuqori bölgan 25 ta davlat örin olgan. Tadqiqotga qaram hududlar kiritilmagan.

Visual Capitalist


Reytingda Andorra birinçi örinni egalladi. Har yili mamlakatga taxminan 4,2 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyuradi, aholisi esa atigi 82 ming nafarni taşkil etadi. Bu har bir aholiga örtaça 51 nafar sayyoh töğri kelişini anglatadi. Bu körsatkiç reytingda ikkinçi örinni egallagan Monakonikidan beş barobardan ham yuqori.


Fransiya va Ispaniya örtasida joylaşgan Andorra sönggi yillarda Buyuk Britaniya, Germaniya va AQŞdan keluvçi sayyohlar oqimini ham sezilarli darajada oşirgan. Mamlakatda aeroport bölmasa-da, turizm iqtisodiyotning qariyb 80 foizini ta’minlaydi. Sayyohlarni toğ-çanği kurortlari, termal majmualar, toğ manzaralari va bojsiz savdo tizimi jalb qiladi.

Vatikan / Foto: The Telegraph


Reytingning yuqori qismidagi davlatlarning aksariyati orol mamlakatlaridir. Ular orasida Malta har bir aholiga 6,3 nafar sayyoh töğri kelişi bilan Islandiya (5,6)dan oldinda turadi.

Bangladeş / Foto: The Telegraph


Karib havzasida Bagama orollari har bir aholiga 4,7 nafar sayyoh bilan yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarda Antigua va Barbuda (3,5) hamda Barbados (2,5) qayd etilgan. Hind okeanida esa Maldiv orollari har bir aholiga 3,2 nafar, Seyşel orollari esa 2,8 nafar sayyoh qabul qiladi.