Geyi va Husanovning xatolari qimmatga tuşişi mumkin
«Everton» – «Mançester Siti» 3:3
Gollar: Doku, 43 (0:1). Barri, 68 (1:1). ÖBrayyen, 73 (2:1). Barri, 81 (3:1). Holand, 83 (3:2). Doku, 90+7 (3:3)
«Everton»: Pikford, Kin, Tarkovski, Mikolenko, ÖBrayyen, Garner, Iroegbunam (Armstrong, 90+6), Dyusberi-Holl (Patterson, 90+2), Ndiay, Rel (Alkaras, 90+2), Betu (Barri, 64)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Geyi, Husanov, ÖRayli, Mateus Nunes, Gonsales (Kovaçiç, 75), Bernardu Silva (Marmuş, 87), Şerki, Doku, Semenyo (Foden, 74), Holand
Ogohlantirişlar: Kin, 45. Betu, 48. Tarkovski, 53. ÖBrayyen, 86 – Donnarumma, 74
APLning 35-turida «Siti» «Everton»ga qarşi öynadi. «Şaharliklar» jamoasi turnir jadvalida zaxirasida ikki öyin bor holatda «Arsenal»dan olti oçkoga ortda qolayotgandi va mavsum oxirigaça oçko yöqotişga haqqi yöq edi.
Liverpuldagi öyinning birinçi bölimi mehmonlar uçun oson keçmadi. «Siti» köproq vaqt davomida töpga egalik qildi, ammo yetarliça xavfli vaziyatlar yaratilmadi. Taxminan 40-daqiqalarga kelib Xosep Gvardiola jamoasi 10 ta zarba bergandi, ammo ulardan faqat bittasi darvoza sohasiga töğri borgandi. Janluidji Donnarummaga ham u qadar köp iş topilmadi. Italiyalik darvozabon faqat bir marta özini körsatişiga töğri keldi va Betuga borayotgan töpni qöllari bilan töxtatib qoldi.
Birinçi bölim köproq Jyeyms Tarkovski va Abduqodir Husanov örtasidagi töqnaşuv bilan yodda qoldi. «Everton» himoyaçisi bu vaziyatda özbekistonlikning futbolkasidan tortib qoldi, yoş himoyaçi esa allaqaçon APLga moslaşganini namoyiş etib, unga javob qaytardi.

Boş hakam voqea joyiga yetib keldi va barçani tinçlantirişga erişdi.

Birinçi bölim oxirida «Siti» baribir öz maqsadiga erişdi. Xosep Gvardiola jamoasining uzoq çözilgan hujumi Rayan Şerki Jyeremi Dokuni qulay vaziyatga çiqarişi va belgiyalik vinger olis burçak tomon ideal zarba berişi bilan yakunlandi.
Mezbonlar tanaffusdan keyin bosimni oşirişdi va ketma-ket imkoniyatlarga ega böla boşlaşdi. Avvaliga Iliman Ndiayye Donnarummani uzoq masofadan sinab kördi – darvozabon işonçli harakat qildi.
Bir neça daqiqa ötib «Siti» mudofaasida parokandalik yuzaga keldi va Ndiayye darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi. Ammo Donnarumma bu safar ham raqibga hisobni tenglaştirişga imkon bermadi – bu safar u töpni yelkasi bilan tösib qoldi. Lekin mezbonlarning bosimi oşişda davom etdi, «Siti» futbolçilarida çarçoq közga taşlana boşladi. Gvardiola esa zaxira imkoniyatlaridan foydalanişga şoşilmadi.
Öynning 68-daqiqasida Donnarummani öz himoyaçisi noqulay ahvolda qoldirdi. Qişki transferlarda sotib olingan Mark Geyi unga pas berişda noaniq harakat qildi va bundan Terno Barri foydalanib qoldi. Avvaligaga Maykl Oliver «Everton» futbolçisini ofsaydda deb hisoblab, golni inobatga olmagandi, ammo VAR vaziyatga aralaşib, uning xatosini tuzatdi – töp hujumçiga raqib himoyaçisidan borganda öyindan taşqari holat hisoblanmaydi.
Beş daqiqa ötib Husanov ham xatoga yöl qöydi. U töpni oldirganidan keyin raqib burçak zarbasi işladi va şu standart vaziyatdan ikkinçi gol ötkazildi. Jyeyms Garnerning uzatmasidan keyin Jyeyk ÖBrayyen boş bilan darvozani işğol etdi. Donnarumma hakam qarşisida tiz çökkan holda öziga nisbatan fol işlatilganiga işontirişga urindi, ammo Oliver maydon markazini körsatdi, Gvardiola esa yuzini timdalay boşladi. «Everton» ikkinçi bölimda yaxşiroq öynayotgandi va haqli gollarini urdi.
Keyin esa Barri dublni rasmiylaştirdi – bu safar Husanov ofsayd çiziğini uşlaşda xatoga yöl qöydi va hujumçi böş darvozani işğol etdi.
«Siti» fanatlari darhol stadionni tark etişga kirişdi. Lekin köp ötmay ular ortga qaytişdi. Bu muxlislar Erling Holandning golini ötkazib yuborişdi – norvegiyalik hujumçi öz texnik mahoratini işga solib, töpni darvozabon ustidan oşirib yölladi.
Oliver öyinga olti daqiqa qöşib berdi, «Siti» esa sakkizinçi daqiqada hisobni tenglaştirdi. Doku jarima maydoni taşqarisidan yana bir çiroyli gol urdi.
Ammo bu hisob «şaharliklar»ni qoniqtirmasdi va hakamning öyin yakunlangani haqidagi huştagidan söng mehmonlar tuşkun kayfiyatda qolişdi. Endi «Siti» turnir jadvalida «Arsenal»dan 5 oçkoga ortda qolmoqda va barçasi londonliklarning öziga boğliq.
«Arsenal»ning navbatdagi raqiblari turnir jadvalining quyi qismida joylaşgan jamoalar («Vest Hem», «Byornli» va «Kristal Pelas»), bu öyinlarda Arteta jamoasini istalgan hisobdagi ğalabalar qanoatlantiradi va u holda «Siti» özi qanday natijalar qayd etişidan qat’i nazar, birinçi öringa kötarila olmaydi.












