Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biyennalesi doirasida Palazzo Françetti saroyida Vyaçeslav Axunovning “Instrumens of the Mind” (“Tafakkur vositalari”) nomli şaxsiy körgazmasi oçilişida iştirok etdi.

“Axunov konseptual san’atning yetakçi namoyandalaridan biridir. Uşbu körgazma uning fikr va tasavvur kölami naqadar keng ekanini yaqqol namoyon etadi”, deb yozdi u özining Telegram kanalida.

Qayd etilişiça, loyiha rassom ijodining qariyb yarim asrlik davrini qamrab olgan bölib, undan 1970 yillarga oid, şu paytga qadar namoyiş etilmagan noyob asarlar ham örin olgan.

“Bu Özbekistonning badiiy salohiyati zamonaviy san’at vositasida jahon ahli bilan muloqot qilib, köplab qalblarni zabt etayotganining yana bir yorqin isbotidir”, deya fikrini yakunlagan Saida Mirziyoyeva.













