Qayd qilinişiça, Özbekiston 2030 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 10 milliard dollarga yetkaziş, eksport geografiyasini yana 100 ta davlatga kengaytirişni maqsad qilgan.
Yiğilişda uşbu marralarga erişiş uçun oziq-ovqat xavfsizligi tizimi xalqaro standartlarga töliq mos bölişi zarurligi ta’kidlandi.
Hozirga qadar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va nazorati bilan uçta idora şuğullanib kelmoqda. Oqibatda sanitariya, veterinariya va karantin organlari örtasida yagona ma’lumotlar bazasi şakllanmagan, ayrim vazifa va funksiyalar bir-birini takrorlamoqda. Bu esa tadbirkorlarning eksport va import jarayonlarida ortiqça ovoragarçilikka duç kelişiga sabab bölmoqda.
Ösimliklar karantini agentligida 100 ta, Veterinariya qömitasida 115 ta, sanitariya-epidemiologiya tizimida 44 ta vazifa va funksiya mavjudligi, şu bilan birga, mahsulotni “yetiştirişdan iste’molçigaça” kuzatib boriş tizimi töliq yölga qöyilmagani körsatib ötildi. Eksportda ham hal etilişi zarur bölgan masalalar bor. Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan mahsulotlarimizda pestitsid qoldiqlari böyiça 25 ta ogohlantiriş berilgani qayd etildi. Bu xalqaro bozorlarda raqobatbardoşlikni oşiriş uçun mahsulot xavfsizligini nazorat qiliş tizimini tubdan özgartirişni talab qiladi.
Amalda nazorat idoralari tomonidan faqat yakuniy mahsulotni tekşiriş bilan çegaralangani, işlab çiqariş zanjirida oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini kafolatlovçi xalqaro standartlarni joriy qilişga yetarliça e’tibor qaratilmagani qayd etildi. Şu munosabat bilan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini çuqur isloh qiliş va xalqaro talablarga mos yagona markazlaşgan tizim yaratilişi belgilandi.
Unga muvofiq, “daladan dasturxongaça” tamoyili asosida barça nazorat jarayonlarini qamrab oladigan Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi qömitasi taşkil etiladi. U Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya qömitasi va Sanepidqömitaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş yönalişi negizida şakllantiriladi.
Yangi tizimda eskirgan, tadbirkor faoliyatiga tösiq bölayotgan tekşiruvlardan voz keçiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlaş bekor qilinib, uning örniga xavfga asoslangan nazorat va tekşiruv tartibi joriy etiladi.
Bugungi kunda respublikadagi 80 mingta obektdan faqat 1,6 mingtasida, ya’ni 2 foizida bunday tartib qöllanilmoqda. Endi xavfli mahsulotlar töğrisida tezkor xabar beriş va ularni qaytarib oliş böyiça elektron tizim yaratiladi.

















