2023 yil 6 noyabr kuni Lozannadagi Sport arbitraj sudi «Bunyodkor»ga sobiq futbolçisi Rivaldo oldidagi qarzdorlikni tölaş majburiyatini yuklagandi. Keyinçalik 2024 yil 30 mart kuni klub rasmiylari va futbolçi örtasida qarz majburiyatlari miqdorini kamaytiriş va bölib-bölib tölaş muddatlari böyiça kelişuvga erişiladi. Ötgan ikki yil davomida tölovlar öz vaqtida amalga oşirilgan. Ammo moliyaviy muammo sababli joriy yil uçun hisob-kitob belgilangan muddat, 2026 yilning 15 apreliga qadar amalga oşirilmagan. Bu esa «Bunyodkor» uçun jiddiy muammoga aylanişi mumkin.

Rivaldo oldidagi qarzdorlik qança?

«Bunyodkor»ga Rivaldo uçun jami 11 mln 164 ming 398 yevro miqdorida pul tölaş majburiyati yuklatiladi. Bunda tölovlar quyidagi körinişda amalga oşirilişi belgilandi:

  • 2024 yil 1 maygaça – 2 008 800 yevro;
  • 2025 yil 1 maygaça – 2 008 800 yevro
  • 2026 yil 1 maygaça – 2 008 800 yevro
  • 2027 yil 1 maygaça – 2 008 800 yevro
  • 2028 yil 1 maygaça – 2 008 800 yevro.

Şuningdek, kelişuvdagi qarzdorlikning qolgan bir qismi quyidagi körinişda yopilişi kerak bölgan:

  • 2024 yil 1 maygaça – 232 200 yevro;
  • 2025 yil 1 maygaça – 232 200 yevro
  • 2026 yil 1 maygaça – 232 200 yevro
  • 2027 yil 1 maygaça – 232 200 yevro
  • 2028 yil 1 maygaça – 232 200 yevro.

Öz navbatida, klub va futbolçi özaro kelişuvga erişadi va umumiy qarzdorlik summasi 7 mln 500 ming yevroga kamaytiriladi. Bunda 2 mln 8,8 ming yevro örniga 1 mln 350 ming (har yilning 15 apreligaça), 232,2 ming yevro örniga 150 ming yevro (har yilning 10 apreligaça) tölov qilinişi belgilanadi.

Qarzdorlik vaqtida yopilmasa, nima böladi?

«Bunyodkor» klubi axborot xizmatining ma’lumotlariga köra, 2026 yil uçun tölovlarni belgilangan muddatda tölaşning imkoni bölmagan.

«Joriy yil uçun Rivaldo Ferreira oldidagi qarzdorlik böyiça tölovlar 2026 yil 15 aprelga qadar amalga oşirilişi lozim edi. Biroq unga joriy yil uçun belgilangan tölovlar futbol klubidagi moliyaviy qiyinçiliklar tufayli hozirgi kunga qadar amalga oşirilmasdan kelinmoqda. Joriy yilning 6 may kuni mazkur futbolçining qonuniy vakillari tomonidan «Bunyodkor» futbol klubiga rasmiy ogohlantiriş xati yuborildi. Unga köra, 48 soat içida belgilangan qarzdorlikni bartaraf etiş söralgan bölib, agar qarzdorlik uşbu muddatda bartaraf etilmasa, özaro kelişuvlarda belgilangan qarzdorlik böyiça çegirmalar bekor bölişi, qarzdorlik keçiktirilgani uçun kompensatsiya va boşqa tölovlar undiriş yuzasidan FIFAga murojaat qilinişi bayon etilgan», deyiladi klub xabarida.