Joriy yilning 13 may holatiga köra, Özbekiston böyiça 1 kg mol göştining örtaça eng yuqori narxi Yakkasaroy tumanida — 139 ming 600 söm, eng past narxi esa Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanida — 94 ming 300 söm qayd etildi. Farğona vodiysida eng arzon narxlar Xonobod şahrida 112 ming 500 söm bölsa, eng qimmati Töraqörğon tumanida 135 ming söm. Ayrim hududlardagi narxlarda katta tafovutlar mavjud. Masalan, Navoiy viloyatining ikkita qöşni tumani Tomdi (95 ming 500 söm) va Uçquduqda (137 ming 500 söm) 1 kg mol göştining örtaça bahosi 42 ming sömga farq qilyapti.

Özbekistonda göşt narxining qimmatlaşgani aholining kundalik xarajatlariga sezilarli ta’sir körsatdi. Ayniqsa, mol göşti narxining tez-tez özgarişi nafaqat iste’molçilar, balki oziq-ovqat xavfsizligi, inflatsiya va agrar siyosat samaradorligi masalalarini ham kun tartibiga olib çiqdi. Statistika qömitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, aprel oyida qöy göşti — 3,7 foizga (2025 yil aprel oyiga nisbatan +20,3 foiz), suyakli mol göşti — 3,2 foizga (+16,6 foiz), suyaksiz mol göşti — 3,2 foizga (+17,3 foiz), göşt qiymasi — 2,9 foizga (+14,1 foiz) qimmatlaşgan. Xöş, viloyatlar va tumanlar kesimida eng qimmat göşt qayerda sotilyapti? Kun.uz 13 may holatiga köra, Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan narxlarni tahlil qildi.
Vodiy viloyatlari
Namanganda örtaça olinganda mol göşti bahosi — 129 ming 400 söm. Viloyatda eng qimmat göşt Töraqörğon tumanida (135 ming söm), eng arzoni esa Namangan şahrida (120 ming söm) qayd etilgan.
Farğona viloyatida mol göştining örtaça bahosi Namanganga nisbatan arzonroq — 121 ming 700 söm. Viloyat miqyosida eng arzon göşt Söxda —115 ming söm, eng qimmati esa Marğilon şahrida — 133 ming 200 söm.
Vodiydagi eng arzon göşt Andijonda — 119 ming 900 söm. Viloyat miqyosida Xonobodda











