Turizm qömitasi tomonidan işlab çiqilgan nizom loyihasiga köra, turizm sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub’yektlari maxsus mezonlar asosida baholanadi. Bunda turoperatorlik, turagentlik va joylaştiriş vositalari faoliyati alohida yönaliş sifatida körib çiqiladi.
Hujjatga muvofiq, baholaş “ball” tizimi orqali amalga oşiriladi va tadbirkorlar xavf darajasiga qarab “yuqori”, “örta” va “past” toifalarga ajratiladi.
Nizomda qayd etilişiça, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlardan qöşimça hujjat yoki axborot talab qilinişiga yöl qöyilmaydi. Şuningdek, tizim natijalari avtomatik tarzda jazo çoralarini qöllaş uçun asos böla olmaydi.
Tahlillar litsenziyalar, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlar asosida ötkaziladi. Bunda tekşiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali röyxatdan ötkazilişi şart böladi.
Hujjatda xavfi past deb baholangan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralaşuvga yöl qöyilmasligi ham belgilangan.








