Visual Capitalist infografikasida işlab çiqarişni robotlaştiriş darajasi eng yuqori bölgan 22 ta iqtisodiyot keltirilgan. Reyting Xalqaro robototexnika federatsiyasi - IFR tomonidan 2026-yil aprelda eʼlon qilingan, 2024-yilga oid maʼlumotlarga asoslangan.

Bunda mamlakatdagi robotlarning umumiy soni emas, balki qayta işlaş sanoatida band bölgan har 10 ming xodimga neçta işlayotgan sanoat roboti töğri kelişi hisoblangan.

Sanoat robotlari avtomobil kuzovlarini payvandlaş, elektronika yiğiş va mahsulotlarni qadoqlaş kabi vazifalarni bajaradi. Lekin robotlar sonining köpligi mamlakat mazkur nisbiy körsatkiç böyiça ham yetakçi ekanini anglatmaydi.

Janubiy Koreya va Singapur oldinda

Janubiy Koreyada har 10 ming sanoat xodimiga 1220 ta robot töğri keladi. Jahon böyiça örtaça körsatkiç esa 132 tani taşkil etadi.

Ikkinçi örindagi Singapurda har 10 ming xodimga 818 ta robot töğri kelgan. Bu uçinçi örinni egallagan Germaniya körsatkiçidan qariyb ikki barobar köp: Germaniyada uşbu raqam 449 tani taşkil etgan.

Janubiy Koreyada elektronika va avtomobil sanoati yuqori darajada rivojlangan. Aynan şu ikki tarmoq sanoat robotlarining dunyodagi eng yirik isteʼmolçilari hisoblanadi. 2024-yilda jahon böyiça yangi örnatilgan robotlarning qariyb yarmi uşbu sohalar hissasiga töğri kelgan.

Avtomatlaştirişni rağbatlantirayotgan yana bir omil - demografik vaziyat. Manbada keltirilişiça, 2025-yilda Janubiy Koreyada tuğilişning yiğindi koeffitsiyenti bir ayolga 0,75 nafar bolani taşkil etgan. Bu dunyodagi eng past körsatkiçlardan biri bölib, işlab çiqaruvçilar mehnat resurslari qisqarişiga duç kelmoqda.

Singapurda ham şunga öxşaş vaziyat kuzatilmoqda. Qayta işlaş sanoatida xodimlar soni nisbatan kam bölgan mamlakatda tuğiliş koeffitsiyenti bir ayolga 0,96 nafar bolani taşkil etadi.

Nega Xitoy yetakçi emas?

2024-yilda Xitoyda qariyb 2 millionta sanoat roboti işlagan. Bu dunyoda foydalanilayotgan barça sanoat robotlarining taxminan 43 foizi demakdir.

Biroq mamlakatning qayta işlaş sanoatida juda köp odam mehnat qiladi. Şu sababli har 10 ming xodimga töğri keladigan robotlar soni 166 tani taşkil etgan.