«Eng baland avtonarvonlarimiz 72 metrgaça yetadi»
FVV vazir örinbosari Xurşid Sotiyev Tölqinboyeviçning aytişiça, Toşkentda 50 qavat va undan baland binolar qurilişi davom etar ekan, bunday inşootlarda yonğin xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
«Eng baland avtonarvonlarimiz 72 metrgaça yetadi. Undan balandlikka möljallangan, masalan, 100 metrlik texnikani joylaştiriş uçun juda keng maydon kerak böladi. Şuning uçun baland qavatli imoratlarni qurişda yetakçi xorijiy davlatlarning aynan yonğin xavfsizligiga oid normativ hujjatlari örganilib, loyiha bosqiçida takliflarimiz kiritilmoqda», - dedi Xurşid Sotiyev.
Uning sözlariga köra, baland binolarda tutundan himoyalangan zinapoyalar va yonğinga qarşi liftlar bölişi kerak. Bundan taşqari, sprinkler va drençer kabi avtomatik yonğin öçiriş tizimlari ham muhim ahamiyatga ega. Sprinkler tizimida harorat belgilangan darajaga yetganda suv avtomatik ravişda sepiladi, drençer tizimi esa yonğin sodir bölgan hududdagi bir neçta suv purkagiçni bir vaqtda işga tuşiradi.
«Qutqaruvçilarimiz öşa qavatga yetib çiqqunça maʼlum vaqt ketadi. Yonğinda har bir daqiqa ğanimat. Içki yonğin öçiriş kranlari, yonğinni öçirişning birlamçi vositalari, yaʼni öt öçirgiçlar - bularning barçasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bölinmalari yetib kelgunça işlaydigan tizimlardir», - dedi vazir örinbosari.
Sotiyev, şuningdek, bunday binolarda xavfsizlik talablariga rioya qiliş aholi va binoni boşqaruvçi taşkilotlar uçun ham muhimligini taʼkidladi. Uning aytişiça, binolarning loyihasini özboşimçalik bilan özgartiriş, örnatilgan muhandislik tizimlariga aralaşiş mumkin emas. Baland binolarda gaz tizimlaridan foydalanişga nisbatan çeklovlar ham yonğin xavfsizligini taʼminlaş çoralaridan biri hisoblanadi.
Baland binolarda yonğin qanday öçiriladi?
Şaharsozlik sohasida profilaktika boşqarmasi boş mutaxassisi Aziz Abduazizovning aytişiça, baland binolarda yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça xorijiy tajribalar örganilib, ularni mamlakatimizda qöllaş çoralari körilmoqda. Jumladan, Birlaşgan Arab Amirliklari, Xitoy va Janubiy Koreyaning baland binolarda yonğinni öçiriş hamda aholini himoya qiliş böyiça tajribalari örganilmoqda.
«Bugungi kunda Nest One, Pyramid Tower kabi baland qavatli binolarda yonğin-qutqaruv avtomobillari, yaʼni yonğin öçiriş avtonarvonlari maksimal 72 metrgaça fuqarolarni qutqariş imkoniyatiga ega. Binoning maʼlum bir qismida xavfsiz muhit, yaʼni bitta qavatni töliq xavfsiz hudud sifatida belgilab oliş va favqulodda vaziyatlar yuz berganda fuqarolarni ana şu hududga evakuatsiya qiliş masalasi körib çiqilib, bu tajriba hozirda amalda qöllanmoqda», - dedi Aziz Abduazizov.
Abduazizovning sözlariga köra, baland binolarda avtomatik yonğin öçiriş tizimlarini keng joriy etiş va ularning holatini raqamli vositalar orqali real vaqt rejimida nazorat qiliş masalasiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Bunda binoning turli nuqtalarida örnatilgan avtomatik qurilmalardan keladigan xabarlar bir vaqtning özida yonğin-qutqaruv situatsion markazlari va binoning dispetçerlik markazlariga uzatiladi.
«Bu, birinçi navbatda, binoni töliq qamrab olib, uning qaysi nuqtasida qanday holat bölayotganini nazorat qilişga xizmat qiladi. Ikkinçidan, binoning biror nuqtasida yuz bergan yonğin yoki favqulodda vaziyatni tezkor aniqlaş va şu hududda fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş imkonini beradi», - dedi mutaxassis.











