Taqdimotda raqamli moliyaviy platformani işga tuşiriş taklif qilindi. U orqali tadbirkor kredit oliş uçun ariza beradi, bir neçta banklardan tijorat taklifini oladi, ularni taqqoslab, öziga qulayini tanlaydi.
Platforma “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Kiçik va örta biznes sub’yektlariga oid ma’lumotlar avtomatik ravişda olinib, banklarga taqdim etiladi. Bu kredit beriş jarayonida hujjat yiğiş, ortiqça vaqt sarflaş va inson omilini kamaytirişga xizmat qiladi.
2026 yil 1 dekabrdan boşlab platforma doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari elementlaridan foydalangan holda muqobil skoring modeli joriy etiladi.

An’anaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, muqobil skoring biznes faolligi, kommunal tölovlar, aylanmalar, soliq va boşqa raqamli ma’lumotlarni ham hisobga oladi. Bu kredit tarixi mavjud bölmagan tadbirkorlarni ham baholaş, ularga moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga yöl oçadi.
Şuningdek, kelgusida sun’iy intellekt asosida tadbirkorning kredit tarixini yaxşilaş, kelgusidagi xatarlarni baholaş va biznesni rivojlantiriş böyiça tavsiyalarni şakllantiriş imkoniyati yaratiladi.
Tijorat banklari tomonidan “AI maslahatçisi” dasturini işga tuşiriş ham nazarda tutilmoqda. Mazkur dastur mahallalar ixtisoslaşuvi va ösiş nuqtalarini hisobga olgan holda biznes ğoyalarni işlab çiqiş, ularni moliyalaştiriş imkoniyatlarini aniqlaşga kömaklaşadi.
Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida ham qöşimça yengilliklar belgilanmoqda. Avval dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uçun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million sömdan 200 million sömgaça oşiriladi.

Qolaversa, kredit yoki lizing miqdoridan qat’i nazar, uning 5 milliard sömgaça bölgan qismi uçun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Har yili öz faoliyatini kengaytirgan va yuqori natija körsatgan 100 ta tadbirkorlik sub’yektiga raqamlaştiriş, xalqaro standartlar va “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş bilan boğliq xarajatlar uçun 300 million sömgaça grant ajratiş taklif etildi.












