Farmonga köra, Özbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Ğiyos Boytoyev, «Özbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Rustam Ğoipov, Özbekiston kinoarboblari ijodiy uyuşmasi raisi, kinoaktyor Matyoqub Matçonov va Özbek Milliy akademik drama teatri aktyori Ra’no Yaraşeva, Içki işlar vazirligining madaniyat saroyi badiiy rahbari, aktyor Uçqun Tillayev «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Şuningdek, Özbekiston davlat filarmoniyasining Farğona viloyati bölinmasi xonandasi Otabek Mamazoitov, Özbek Milliy akademik drama teatri aktyori Tolib Möminov, «Xalqlar döstligi» ansambli estrada xonandasi Xurşid Rasulov, «Özbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Munisa Rizayeva va Özbek Milliy akademik drama teatri boş rejissyori Asqar Xolmöminov «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Özbek Milliy akademik drama teatri aktyori Erkin Komilov, Özbek Milliy akademik drama teatri direktori, aktyor Yodgor Sa’diyev «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi.

«Tafakkur» jurnali boş muharriri, yozuvçi Erkin A’zamov, «Özbekfilm» kinokonserni» davlat muassasasi postanovkaçi rejissyori Zulfiqor Musoqov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, şoira Zebo Mirzayeva «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Şuningdek, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarining köplab vakillari «Fidokorona xizmatlari uçun», «Mehnat şuhrati», «Döstlik», «Soğlom avlod uçun» ordeni bilan mukofotlandi.