May oyida Rossiyaning turli regionlarida muftiylar hamda boşqa musulmon diniy arboblar va jamoatçilik faollari uşlanayotgani va hibsga olinayotgani haqida xabarlar paydo böldi. Ularning ayrimlari terrorçilik moddasi böyiça – «Musulmon birodarlar» taşkiloti bilan hamkorlik qilişda ayblanmoqda. Islomşunos siyosatşunoslar, mustaqil jurnalistlar va hatto Z-blogerlar ham bu ta’qiblar tölqinining maqsadi sifatida xavfsizlik kuçlarining Rossiya Musulmonlar idorasi va şaxsan uning rahbari muftiy Ravil Gaynutdin bilan kuraşini körsatmoqda. «Meduza» bu haqda nimalar ma’lum ekanini körib çiqdi.
Rossiyada maşhur muftiylar va musulmon diniy arboblar qölga olinmoqda
Mamlakatning turli hududlarida muftiylar, musulmon diniy va jamoat arboblarining uşlanişi va hibsga olinişi haqidagi xabarlar may oyi örtalarida paydo böla boşladi. Bir qaraşda bir-biriga boğliq bölmagan uçta asosiy işni ajratib körsatiş mumkin.
- Saranskda Mordoviya muftiysi Rail Asainov pora berişda gumonlanib qölga olindi. Kuçişlatar tuzilmalar versiyasiga köra, u talabalar sessiyani topşirişlari uçun Mordoviya davlat universitetidagi dasturlardan birining rahbariga pora berişga uringan. Asainovni tez orada qöyib yuborişdi. U bilan birga Mordoviya musulmonlar jamoasining yana beş nafar faoli hibsga olingani xabar qilingan. Ularning taqdiri noma’lum.
- Moskvada Janubiy Butovodagi masjid imomi, Kareliya sobiq muftiysi Visam Ali Bardvil 15 kunga hibs qilindi. U Şeremetevodagi aeroportda politsiyaga böysunmaslikda ayblangan.
- «Kommersant» ma’lumotiga köra, may oyining birinçi yarmidayoq «Musulmon birodarlar» terrorçilik taşkiloti faoliyatida iştirok etişda ayblanib, «Şimoli-ğarbiy musulmonlar jamoasi»ning sobiq rahbari Muhammad Xenni, uning qarindoşi Regina Xenni, Saratov oblasti muftiysi örinbosari Nidal al-Xix (falastinlik), inguş ilohiyotşunosi Ahmad Tangiyev hamda yana tört kişini hibsga olgandi. Turli xabarlarga köra, bu iş böyiça figurantlar Peterburg, Saratov va Şimoliy Osetiyada hibsga olingan.
Qölga olinganlar va hibsga olinganlar dindorlar orasida maşhur bölgan, deydi siyosatşunos va islomşunos Rinat Muxametov. Masalan, moskvalik imom Ali Bardvil yoşlar orasida közga köringan voiz hisoblangan, çunki u dunyoviy tilda va’z qilişga harakat qilgan. Dinşunos Ahmad Tangiyev öz ona yurti Inguşetiyada nufuzli imom hisoblangan va aksilterror ma’rifiy tadbirlarida iştirok etgan. Islomşunos Muhammad Xenni «jamoatçilikka moyil tarğibotçi» deb atalgan.










