Moskva masjidida minglab musulmonlar Hayit namozini ado etişdi. Bu yerda Rossiya Muftiylar kengaşi raisi şayx Ravil Gaynutdin musulmonlarni muborak bayram bilan qutladi. RIA "Novosti" şu haqida xabar berdi.

"Biz röza amallarini bajardik... Uşbu muborak Ramazon vaqtida har bir mömin nafaqat taom va suv iste'molidan, balki yolğonçilik, haqorat, qöpollik, aldov, fitna, qon tökiş va qotillik kabi illatlardan tiyilişga harakat qiladi. Afsuski, dunyoda hatto uşbu muqaddas oyda ham özini yomonliklardan saqlay olmaydiganlar ham talaygina", - dedi Gaynutdin. 

Şuningdek u yiğilganlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RF hukumati raisi Dmitriy Medvedev, Moskva meri Sergey Sobyaninlarning Hayit tabriklarini öqib eşittirdi. Şundan söng musulmonlar bayram namozini ado etişdi. 

Ta'kidlaş joizki, Rossiya poytaxtining qolgan qator masjdilarida ham Hayit namozlari ado etilgan.