Özbekistonning faxri deya köz-köz qilingan “Bunyodkor” stadioni işçilari oğir vaziyatga tuşib qolişdi. Ularga dekabr oyidan beri oylik berilmayapti. Bu vaqt içida kimdir ijara tölovlari, yana kimlardir kundalik yaşaş xarajatlari sabab katta miqdorda qarzga botib qolgan. Yuzlab xodimlarning oyligini kim va qaçon tölab beradi?
Yirik sport musobaqalari markaziga aylanişi kerak bölgan “Bunyodkor” oğir iqtisodiy muammo girdobiga tuşib qoldi. Nega tizimda işlaydigan farroş, santexnik, qorovul va boşqa texnik xodimlarning oyligiga kelganda pul tugab qolyapti. Kun.uzʼga “Bunyodkor stadioni binolari va inşootlaridan foydalaniş direksiyasi” MÇJning bir guruh işçilari murojaat qilişdi.
Xususan, stadion qöriqlaş xizmati xodimi Aziz Mansurovning ta’kidlaşiça, dekabr oyidan beri unga bir marta 1 mln söm, ikki marta 500 ming söm berilgan, xolos.

“Oylik sörasak, yiğilsak, kattalar erta böladi, indin böladi, deyapti. Bu yerdagi hammaning krediti, bola-çaqasi bor. Misol uçun, mening kreditim bor, uydan televizor va muzlatkiçlarimni olib ketişdi. Kimga murojaat qilişimiz kerak, heç kim bilmaydi. Beramiz deyişyapti, hali darak yöq. Dekabr oyidan maygaça oladigan bölsak, bir marta 1 mln söm, ikki marta 500 ming sömdan berdi. Hamma böynigaça qarz bölib ketdi”, deydi murojaatçi.
Boşqa bir murojaatçi Dilfuza Mahmudova futbol rahbariyati jahon çempionatiga ketib qolsa, oyliklar yana oylab keçikişi mumkinligidan xavotirlanyapti.

“Töy qilayotganlar bor, a’zali xonadonlar bor, eri ham, xotini ham şu yerda işlaydigan yoş bolali oilalar bor. Odamlar qiyin ahvolda qolgan. Şunga bizga yordam berişingizni sörab qolamiz. Amerikadagi çempionatga boşliqlarimiz ketib qolişsa, biz nima qilamiz?. Hammaniyam tirikçiligi, tomoği bor. Tomoqni yopib qöyib bölmaydi, baribir. Gaz bor, suv bor, svet bor, hammaning tölovlari bor. Menda bitta, lekin ikkita-uçta bolasini kontraktda öqitayotganlar bor”, deydi Dilfuza Mahmudova.
Qöriqlaş xizmati xodimi Abduvahob Allaberganovga köra, futbolçilar va akademiya xodimlariga oyliklar berilgan, ammo direksiya xodimlari maoşini ololmayapti.
“Şu yerda turganlarning hammasi oylikka yaşaydi, boşqa bir biznesimiz yöq. Özim oilamda 10 kişi bölib turaman. Tölovlar bor, boşqalar bor. Oylik olmagan bilan, işlatgansan, gaz, suv, svetning pulini töla deb qöymayapti. Uydan u-bu narsalarni sotib tölaşga ham töğri keldi. Bu yerda yiğilişdan maqsad, rahbariyatni yomonlaş emas. Kim bermayapti, unisini bilmadik. Futbolçilar olişdi, akademiya oldi. Bu yerda turgan qora işçilar: santexnik, qorovul, elektriklarniki qolib ketdi. Özi 4 mln sömga işlaymiz”, deydi u.














