Marjona Barotova Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tuğilgan, hozir 22 yoşda. Bir farzandning onasi, oilaviy hayotda kelinlik mas’uliyatini bajarayotgan, bir vaqtning özida ta’lim olayotgan va işlayotgan ayol. U Navoiy davlat pedagogika universitetining sirtqi ta’limida öqib, maktabda ona tili va adabiyoti fanidan dars beradi. Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda Telegram böyiça ekspert, administrator, kopirayter va frilanser sifatida faoliyat yuritadi.

Daromad haqidagi öylar qaçon paydo böldi?
«Oilada tört farzandmiz: men, ikki opam va ukam. Şaroitimiz yaxşi bölgan, ota-onam öqişimni davom ettirişim uçun barça imkoniyatlarni yaratib berişgan. Şu sababli avvallari mustaqil daromad haqida jiddiy öylamaganman.
2021 yilda 170 ball bilan sirtqi ta’limga kirganman. Agar öşa yili oçiq tanlovga topşirganimda, grantni qölga kiritişim mumkin edi. Ammo taqdir meni şu yölga boşladi va bu yil öqişimni tugataman.
Daromad topişga qiziqiş 2021 yildan boşlab paydo böldi. Kontrakt tölaş, özimni mustaqil qiliş va oilamga yordam beriş istagi meni harakatga undadi. Dastlab ona tili va matematika fanlaridan tayyorlov darslari ötdim, keyin esa Telegram orqali turli faoliyatlar bilan şuğullandim. Uşbu jarayonda sovğalar, kitoblar va kiçik mablağlar orqali ilk natijalarni kördim. Bu esa menga işonç bağişladi va 2021 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatni töxtatmadim.
2022 yilda turmuş qurib, farzandli böldim. 2023 yilda qisqa muddatli ruhiy qiyinçiliklardan keyin yangi imkoniyatlar izlab, Telegram va frilanserlik sohasiga çuqurroq kirib keldim. Bu men uçun ham kasbiy, ham şaxsiy ösiş bosqiçi böldi».

50 ming sömlik ilk daromad va katta buriliş
2023 yil noyabrda Marjona onlayn faoliyatni jiddiy boşlagan. Ilk daromadi — 50 ming söm. Ammo aynan şu pul unga “men qila olaman” degan işonçni bergan.
“Ilk daromadimni qölimga olgan kunimni hanuz unutolmayman. Öşa paytda içimda birgina tuyğu bor edi: men eplay oldim. Bu şunçaki pul emasdi, bu — özimga bölgan işonçning qayta tiklanişi edi. Avvallari bu sohani faqat kuzatib, kontaktlar qöşib yurgan bölsam, öşa kundan boşlab özimni bu yölga çinakam kirib kelgandek his qildim. Endi bu soha menga begona emas, aksinça, “meniki” ekanini angladim.












