Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1 iyun kuni Vena şahrida Avstriya Federal kengaş raisi Markus Ştotter hamda Milliy kengaş raisi Valter Rozenkrans bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, şuningdek, özaro manfaatli yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari böyiça fikr almaşildi.

«Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlaştiriş va davlat boşqaruvini modernizatsiya qiliş borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.


Şuningdek, Venada BMT Boş kotibi örinbosari, taşkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (BMT GJB) ijroçi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uçraşuv bölib ötdi.


«Muloqot davomida mamlakatimizning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarşi kuraşiş masalalari hamda 2026 yil aprel oyida uşbu global muammoga bağişlab ötkazilgan Samarqand xalqaro forumidan söng amalga oşirilayotgan işlarni muhokama qildik. Ayollar, bolalar va yoşlar himoyasiga qaratilgan «sayd-iventimiz»ni qöllab-quvvatlagani uçun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. Özbekiston uşbu tadbirni bugun BMT Jinoyatçilikning oldini oliş komissiyasining 35-sessiyasi doirasida ötkazdi. Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida şeriklikni yanada rivojlantirişga tayyormiz», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.

















