Farmonda teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy çolğu, tasviriy va amaliy san’at hamda adabiyot kabi yönalişlarda ijodiy birlaşmalar faoliyatini yölga qöyiş va qöllab-quvvatlaş; şoir va yozuvçilar tomonidan har yili kamida 50 ta eng sara asarlar yaratilişini, milliy adabiyotning eng yaxşi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinişini ta’minlaş; ijodkorlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga munosib şart-şaroitlar yaratiş, jumladan, har yili 1 ming nafar ijodkorni uy-joy bilan ta’minlaş, 3 ming nafarini bepul davolaş; nodavlat teatr va teatr-studiyalar sonini 2028 yilda 50 taga yetkazib, teatr sohasida xususiy sektor iştirokini 25 foizga oşiriş kabi maqsadlar belgilangan.
Farmonga köra, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida ijodiy birlaşmalar taşkil etiladi. Ularning ijodiy rahbarlari va ularga taşkiliy masalalarni hal etişda kömaklaşuvçi hamrahbarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
2027 yildan boşlab ijodiy birlaşmaning yil davomida eng yaxşi natija körsatgan ijodkorlari Davlat budjeti mablağlari hisobidan bir yil davomida har oyda 5 million söm miqdorida gonorar tölanadi; uç yil davomida Özbekiston böylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi, bunda taşiş xarajatlari böyiça olinmay qolgan daromadlar keyinçalik har oyda qoplab beriladi; davlat tibbiyot muassasalarida davolaniş xarajati töliq qoplanadi.
Iste’dodlarni aniqlaş va rivojlantiriş, ularning prodyuserlik faoliyatini qöllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalaştiriş maqsadida Madaniyat vazirligi huzurida yuridik şaxs maqomisiz “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamğarmasi taşkil etiladi.
Jamğarmaga 2026 yil 1 iyulga qadar respublika budjeti hisobidan 200 milliard söm ajratiladi hamda 2027 yildan boşlab davlat budjeti parametrlarida har yili kamida 200 milliard söm mablağ ajratilişi nazarda tutiladi.
Madaniyat vazirligi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2027 yildan boşlab har yili teatr, çolğu, xor va raqs yönalişida umumiy örta ta’lim muassasalari örtasida tuman – viloyat – respublika darajasida tanlovlarni ötkazib boradi.
Bunda har bir yönaliş böyiça respublika darajasidagi tanlovda ğolib deb topilgan umumiy örta ta’lim muassasasiga öz ijodini tarğib qiliş, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari xarid qiliş uçun Jamğarma mablağlari hisobidan 500 million sömdan grant beriladi.












