Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Samimiy ruhda kechgan suhbat chogʻida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Biz Xitoy tomonining qoʻllab-quvvatlashini hamda transport, savdo, taʼlim va madaniyat yoʻnalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda roʻyobga chiqarishga boʻlgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar koʻp, asosiy vazifa esa – ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.

Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman”, – deya yozdi Mirziyoyeva oʻz Telegram-kanalida.