Özbekiston prezidenti 4 iyun kuni imzolagan 104-sonli farmon bilan, quriliş sohasiga oid yangi çoralar belgilandi.

Xususan, ekspluatatsiya muddati 50 yildan oşgan köp kvartirali uylarda qayta rejalaştiriş işlarini amalga oşiriş taqiqlandi. Uyni mustahkamlaş işlari bundan mustasno.

Şuningdek, köp kvartirali uylarda kafolat muddati davomida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etiş böyiça Quriliş inspeksiyasining körsatmasini bajarmagan pudrat taşkilotlarining reyting körsatkiçlariga jarima ballarini qöllaş amaliyoti joriy etiladi.

Ayni paytda, hali loyihalaş bosqiçidagi yangi binolar rejasiga juz’iy özgartirişlar kiritişga ruxsat berilmoqda. Unga köra, binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yonğin xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi özgarmagan holda şaharsozlik norma va qoidalariga zid bölmagan loyihadagi rejaviy tuziliş (planirovka)da özgarişlar mavjud bölganda, uşbu bino loyihasini ekspertizadan ötkazişda loyiha hujjatlarini qayta kelişiş amaliyoti bekor qilindi.