«Real» – ligalarda mavsum yakunlanib, jahon çempionati boşlanguniga qadar bölgan oraliqdagi asosiy nyusmeyker bölib turibdi. Madriddagilar prezidentlik saylovlari arafasida turişibdi. Florentino Peres va Enrike Rikelme şov-şuvli bayonotlar va katta va’dalar orqali saylovçilar ovozi uçun kuraşişmoqda. Peres – favorit. Ammo saylovlar hali bölib ötmadi – demak, hozirdan Florentino prezidentlikda qolişini aniq aytib bölmaydi. Buning ehtimoli yuqori, ammo hali barçasi hal bölmagan.

Agar Peres lavozimida qoladigan bölsa, Joze Mourinioni Madridga qaytarişini aytgan. Buning uçun «Benfika» klubiga 15 mln yevro miqdorida tovon puli ham tölab beriladi.

Rikelme esa agar saylovlarda ğalaba qozonadigan bölsa, «Real»ga jamoa muxlislari xohlaydigan superyulduz maqomidagi murabbiyni olib kelişini aytgan. U bu orqali katta ehtimol bilan Yurgen Kloppni nazarda tutmoqda.

Peresning raqibi «Real»ga ikki nafar superyulduz futbolçi olib kelişini, ulardan biri Erling Holand bölişini aytib, muammoga ham uçradi – buning uçun «Mançester Siti» uni sudga bermoqçi.

Peresning özining rejalari esa realroq. Quyida u rejalaştirgan transferlar haqida.

Markaziy himoyadagi muammolar

79 yoşli funksioner barçasini himoya çiziğidan boşlamoqda: jamoa markaziy himoyasi vakillari bölgan Antonio Ryudiger va Eder Militao sönggi yillarda köp jarohat olmoqda: braziliyalik himoyaçi ketma-ket ikkinçi bor xoçsimon paylari uzilişi tufayli uzoq muddatga safdan çiqqan va futbolçilik faoliyatini yakunlaşi mumkin, germaniyalik himoyaçi esa allaqaçon 33 yoşda. Markaziy himoyaning yana bir vakili, Madridda işlari yurişmagan David Alaba esa şu yozda şartnomasi muddati tugab, jamoani tark etdi. Şuningdek, jamoaning köp yillik sardori, öng qanot himoyaçisi Dani Karvahal ham ketdi.

Peres bir yil muqaddam «Liverpul»ning asosiy futbolçilaridan biri Trent Aleksandr-Arnoldni erkin agent sifatida Madridga olib kelgandi. Endi u bu tryukni takrorlamoqçi.

31 may kuni mersisaydliklar jamoasi Ibraima Konate ketayotganini e’lon qildi: fransuz himoyaçi muddati tugayotgan şartnomasini uzaytirişdan boş tortgan. U faoliyatini qayerda davom ettirişi allaqaçon ma’lum bölib ulgurdi.

Insayderlarga köra, Konatening öziga katta miqdorda (20 mln yevro) kötarma puli beriladi va u bilan 22,5 mln yevro miqdoridagi yillik maoşni közda tutuvçi tört yillik şartnoma tuziladi.