Erondagi uruş sababli jahon aviakompaniyalarining yonilği narxlari oşişi bilan boğliq qöşimça xarajatlari qariyb 100 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi.
Ötgan yili aviakompaniyalar yonilği uçun 252 mlrd dollar sarflagan bölsa, assotsiatsiya prognozlariga köra, joriy yilda bu xarajatlar 40 foizga oşib, 350 mlrd dollarga yetadi.
Yonilği xarajatlarining oşişi aviakompaniyalar foydasining sezilarli darajada kamayişiga olib keladi. IATA 2026 yilda ularning umumiy foydasi 23 mlrd dollar atrofida bölişini taxmin qilmoqda. Bu 2025 yildagi körsatkiçdan (41 mlrd dollar) hamda joriy yil uçun avval qilingan prognozlardan (45 mlrd dollar) qariyb ikki barobarga kamdir. Umumiy tuşum 9,4 foizga oşib, 1,17 trln dollarga yetişi kutilmoqda, ammo bu yonilği narxlarining qimmatlaşişini qoplay olmaydi.
«Yaqin Şarqdagi uruş bilan boğliq aviaqatnovlardagi uzilişlar va yonilği narxlarining oşişi aviakompaniyalar uçun prognozlarni yomonlaştirdi», — dedi IATA rahbari Uilli Uolş.
Uning sözlariga köra, mazkur vaziyat bozorning barça iştirokçilariga salbiy ta’sir körsatmoqda, ammo eng köp zararni Yaqin Şarq mamlakatlari taşuvçilari va kiçik aviakompaniyalar körmoqda.








