AQŞ prezidenti Donald Trampga 8 iyun kuni «Nyu-York Niks» va «San-Antonio Spers» basketbol jamoalari örtasida Nyu Yorkdagi «Medison-skver-garden» stadionida ötkazilgan Milliy basketbol uyuşmasi (NBA) finalida huştakbozlik qilindi.

Tramp AQŞ tarixida bunday finalga taşrif buyurgan ilk prezident böldi. U öyinni «Niks» jamoasi xöjayini Jyeyms Dolanning lojasida öz nabirasi Kay va şaxsiy maslahatçisi Boris Epşteyn bilan birga kuzatdi. Tramp – «Nyu York Niks»ning eski muxlislaridan hisoblanadi, u 1990-yillardan buyon uşbu jamoa öyinlarini kuzatib keladi.

Trampning taşrifi tufayli stadionda xavfsizlik çoralari kuçaytirildi, Nyu York hukumati esa stadion atrofidagi köçada katta ekranlarda öyinni namoyiş etişni bekor qildi.

Öyin boşlanişi arafasida milliy madhiya ijro etilayotganida prezidentga huştakbozlik qilindi. Prezident arenadagi ekranda bir neça soniyaga köriniş berganida muxlislar huştakbozlik qilişdi – bu vaqtda Tramp tabassum qilib, harbiy salom yöllayotgandi. Kameralar «Niks» sportçilariga qaratilganidan keyingina huştaklar örnini olqişlar egalladi.

Trampning özi bunday qabulga xotirjam munosabatda böldi. «Öylaymanki, bu asosan olqişlar edi», – dedi u öyindan söng jurnalistlarga.

Öyin vaqtida Tramp uxlab ham qoldi.

Tramp va NBA örtasidagi munosabatlar avvaldan yaxşi emas. Milliy basketbol uyuşmasi köp yillardan buyon Amerikadagi törtta professional sport ligalari orasida nisbatan «liberal» hisoblanadi, uning köplab sportçilari esa Trampga qarşi çiqişlar qilişadi.

Liganing asosiy yulduzlari – Kevin Dyurant, Stiven Karri, Lebron Jyeyms kabilar prezidentni birinçi prezidentlik muddati davrida ham köp marta tanqid qilişgan. 2017 yilda esa Tramp sportçilarning özi haqidagi keskin fikrlari tufayli NBA çempioni bölgan «Golden Steyt Uorriors» a’zolari uçun Oq uydagi an’anaviy qabulni bekor qilgandi.

Tramp taşrif buyurgan öyin tört ğalabagaça öynaladigan finallar seriyasidagi uçinçi öyin böldi. Bu bahsda «San-Antonio» 115:111 hisobida ğalaba qozondi. Hozirça «Nyu-York» seriyada hisobda oldinda bormoqda – 2:1. Keyingi bahs 11 iyunga ötar keçasi Nyu Yorkda bölib ötadi.

Bu safargi final – 1999 yilgi hal qiluvçi seriyaning takrori bölmoqda. Öşanda ham finalda uşbu jamoalar töqnaşgan va unda «San-Antonio» 4:1 hisobida ğalaba qozongandi. Ötgan vaqt mobaynida «Spers» yana tört marta NBA çempioni böldi (oxirgi marta – 2014 yilda), «Niks» esa biror marta finallar seriyasiga çiqa olmagan. Uşbu jamoaning oxirgi çempionligi 1973 yilga töğri keladi.