Rayan, Braziliya

  • Yoşi: 19
  • Ampluasi: vinger
  • Klubi: «Bornmut»
  • 2025/26 yillar mavsumidagi statistikasi: 15 öyin, 5 gol, 2 uzatma

Pentakampeonlar safida «Uembli» öyingohida inglizlarga qarşi öyinda terma jamoadagi ilk golini urgan Endrik ham bor. Ammo u ança oldinroq tanilib bölgandi, jamoadagi kutilmagan qahramon roliga esa uning 19 yoşli tengdoşi Rayan da’vogarlik qilmoqda. Şu yil qişida Yevropaga kelgan vinger terma jamoada hozirça faqat bir marta, aprel oyida Xorvatiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi.

Rayan barça futbolçilarga xos skillaridan taşqari dadilligi bilan maqtana oladi. Tezkor, keskin harakatlanadigan, yaxşi dribling va kuçli zarbaga ega bölgan bu yoş futbolçi öyinda taşabbusni öz zimmasiga olişdan tortinmaydi. U yanvarda «Bornmut»ga kelib qöşilgaç, «Vulverhempton» bilan öyinda debyut qildi va öşa öyindayoq Skottga golli uzatma berdi. Keyingi turda Andoni Iraola uşbu yangi futbolçini boşlanğiç tarkibga kiritdi va u «Aston Villa» bilan öyinda ilk golini urdi. Bir hafta ötib «Everton» darvozasini ham işğol etdi. Mavsum yakunida esa u qatorasiga uçta öyinni golsiz tark etmadi.

Viktor Munyos, Ispaniya

  • Yoşi: 22
  • Ampluasi: yarimhimoyaçi
  • Klubi: «Osasuna»
  • Statistikasi: 36 öyin, 7 gol, 5 uzatma

Katta klublar tarbiyalanuvçilari taqdiri –  köp hollarda murakkab va oğriqli mavzu. Bunday futbolçilarga heç kim köp vaqt taqdim etmaydi va darhol natija körsatiş talab etiladi. Ayniqsa barça pozitsiyalari uçun katta transferlar amalga oşiriladigan «Real»dek klubda. Şuning uçun klubning köpçilik tarbiyalanuvçilari baxtini boşqa joylardan izlaşiga töğri keladi. Vinisius Junior bilan bitta pozitsiyada öynovçi 22 yoşli Munyos ham ötgan yil yozida 5 million yevro evaziga «Osasuna»ga sotilgandi va u özi uçun tölangan mablağni töliq oqladi.

Ikkala qanotda yorqin va dadil öyin körsatib, mavsum davomida jamoa töpurari Budimirni golli uzatmalar bilan ta’minlab kelgan uşbu yoş vinger Ispaniya milliy jamoasi boş murabbiyi Luis de la Fuentening nazariga tuşmasligi mumkin emasdi. Uning milliy jamoadagi debyuti ham ajoyib çiqdi: u mart oyida Serbiyaga qarşi örtoqlik öyinida zaxiradan tuşib, Ferran Torresning pasini golga aylantirdi, Misrga qarşi öyinda esa u tanaffusda Yamalni almaştirdi.