Qozoğiston hukumati viza talab etilmaydigan xorijliklar uçun elektron kiriş ruxsatnomasini (ETA) oliş qoidalarini tasdiqladi. Ruxsatnomani rasmiylaştiriş bepul bölib, 2027-yil 1-iyuldan boşlab majburiy tus oladi.

Kimlarga taalluqli?

Yangi tartib YEOII, MDH va Qozoğiston bilan vizasiz rejim örnatilgan boşqa davlatlar fuqarolariga, jumladan, AQŞ, BAA, Germaniya va Buyuk Britaniya fuqarolariga nisbatan qöllanadi. Özbekistonliklar ham uşbu röyxatga kiritilgan.

Qanday rasmiylaştiriladi?

Ariza QazETA raqamli platformasi orqali rejalaştirilgan kiriş sanasidan kamida 72 soat oldin topşiriladi. Ariza beruvçi identifikatsiyadan ötişi lozim. Ruxsatnoma 180 kun davomida amal qiladi va mamlakatga bir neça bor kirib-çiqiş imkonini beradi. Qarorga köra, rasmiylaştiriş uçun tölov olinmaydi (nol tenge).

Qaçondan boşlab talab qilinadi?

Tizim bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi:

  • 2026-yil 1-noyabrdan: Oqtov (Aqtau) aeroportida va törtta avtomobil ötkaziş punktida;

  • 2027-yil 1-yanvardan: Ostona va Olmaota aeroportlarida;

  • 2027-yil 1-martdan: qolgan barça ötkaziş punktlarida.

2027-yil 1-iyulgaça ruxsatnomaning yöqligi mamlakatga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi. Çegaraçilar xorijliklarga uni rasmiylaştiriş zarurligini eslatib boradi. Körsatilgan sanadan söng esa ETA ruxsatnomasisiz Qozoğistonga kiriş imkonsiz böladi.

Kimlarga ruxsatnoma talab etilmaydi?

16 yoşga tölmagan bolalar, 65 yoşdan oşgan şaxslar, amaldagi Qozoğiston vizasi, vaqtinça yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga (VNJ) ega şaxslar, şuningdek, aeroportning tranzit hududidan çiqmaydigan tranzit yölovçilar ruxsatnoma rasmiylaştirişdan ozod qilinadi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonga kiriş pulli bölişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Tasdiqlangan qaror uşbu maʼlumotlarni inkor etadi.