Jahon çempionatida iştirok etayotgan Özbekiston milliy jamoasini qöllab-quvvatlaş maqsadida umumta’lim maktablarida «Muxlislar maydoni» loyihasi taşkil etiladi. Loyiha doirasida har bir tumandan bittadan maktab tanlab olingan. Töliq röyxat quyidagiça:

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatining Kun.uz'ga izoh berişiça, «Muxlislar maydoni» loyihasi doirasida faqat Özbekiston milliy jamoasining öyinlarini namoyiş etiş rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötayotgan jahon çempionati 11 iyun kuni boşlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa iştirok etyapti. Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida Kolumbiya (18 iyun, Toşkent vaqti bilan soat 7:00), Portugaliya (23 iyun, 22:00) va Kongo DR (28 iyun, 4:30) bilan öynaydi.