Prezident tomonidan Baxtiyor Jahongiroviç Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiş töğrisida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.
Baxtiyor Islomov 2022 yil avgustda Oliy Majlis Senati majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi.
Bunga qadar u Farğona va Toşkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigaça jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi bölgan.
2020 yil noyabrida u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi Tursunxon Xudoyberganovning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Oradan bir yil ötib, Rustam Inoyatov örniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagan edi.











