Kabardino-Balkariyadagi Bezengi darasida 6-sentabr kuni qor köçkisi sodir bölib, bir guruh alpinistlar uning ostida qolgan. 7-sentabr ertalabki maʼlumotlarga köra, hodisa oqibatida 11 kişi halok bölgan, yana olti kişi bedarak yöqolgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmasi maʼlum qildi.

Aniqlaştirilgan maʼlumotlarga köra, guruhning ön nafar aʼzosi xavfli hududdan mustaqil ravişda çiqib ketişga muvaffaq bölgan. Yana olti kişi turli darajada jarohat olib, tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Ayni paytda hodisa joyida keng kölamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Unga 56 nafar qutqaruvçi va mutaxassis jalb qilingan. Biroq murakkab toğ relyefi hamda yangi qor köçkilari tuşişi xavfi qidiruv işlarini qiyinlaştirmoqda.

Maʼlum qilinişiça, qor köçkisi 6-sentabr kuni taxminan soat 17:00 da Mijirgi toği yonbağridan tuşgan.

Dastlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa joyida 15 nafar alpinist bölganini maʼlum qilgan edi. Öşa paytda ikki kişi halok bölgani, uç kişi jarohatlangani va yana ön nafar kişining qayerdaligi nomaʼlum ekani xabar qilingan.

Keyinçalik maʼlumotlar aniqlaştirilib, guruhda jami 33 kişi bölgani maʼlum böldi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida halok bölganlar va jabrlanganlar soni haqidagi maʼlumotlar ham yangilangan.

7-sentabr kuni soat 09:00 holatiga köra, 11 nafar alpinist hayot bilan mos kelmaydigan oğir jarohatlar oqibatida halok bölgan. Yana olti kişining taqdiri hozirça nomaʼlumligiça qolmoqda.

Ob-havo şaroiti yaxşilansa, bedarak yöqolganlarni qidiriş işlariga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Mi-8 vertolyoti hamda «Xeliekşn» kompaniyasiga tegişli tijoriy vertolyotni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Hodisadan söng Rossiya Tergov qömitasi ehtiyotsizlik yoki xizmat vazifalariga loqayd munosabatda böliş bilan boğliq modda böyiça jinoyat işi qözğatgan. Tergovçilar fojia qanday şaroitda sodir bölgani va unga olib kelgan ehtimoliy sabablarni aniqlamoqda.

Şuningdek, hodisa sodir bölgan hududda noqulay ob-havo şaroiti böyiça oldindan ogohlantiriş amal qilgani qayd etilgan.