Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Isroil Ğazoda 3 kişini öldirdi

Duşanba kuni Ğazo markazida Isroilning havo hujumi oqibatida uç nafar falastinlik, jumladan, bir bola halok böldi. Bu haqida Ğazo soğliqni saqlaş idorasiga tayanib Reuters ma’lum qildi.

Ğazoning taxminan 60 foiz qismini bosib olgan Isroil harbiylari havo zarbasi berilganini tasdiqladi, biroq batafsil ma’lumot bermadi. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining bildirişiça, Isroil zarbasi ertalab sektor markazidagi Dayr al-Balah şahrida sodir bölgan.

Soğliqni saqlaş idorasi ma’lumotlariga köra, şanbadan beri Isroil harbiylari tomonidan ön ikki nafar falastinlik — sakkiz erkak va tört bola öldirilgan.

Bundan taşqari, bosib olingan Ğarbiy sohildagi Al-Bira şahrida ötkazilgan reydda falastinlik ösmir Isroil askarlari tomonidan otib öldirilgan. Isroil harbiylari uşbu voqeani örganayotganini bildirdi.

Isroil ötgan yil oktyabr oyida AQŞ vositaçiligida Hamas bilan otaşkesimga kelişganiga qaramay Ğazoga qayta-qayta zarbalar berib kelmoqda.

Sulh davrida Ğazoda 1045 falastinlik – ularning aksariyati tinç aholi va Isroilning tört nafar askari halok bölgan.

Isroil tomoni bu harakatlarini Ğazodagi askarlariga tahdid solayotganlarni nişonga olayotgani bilan izohlamoqda.

Hamas esa Isroilni otaşkesimni buzişda ayblaydi. Ğazo böyiça Tinçlik kengaşi vakili Nikolay Mladenov esa har ikki tomon ham kelişuvni buzganini aytmoqda

Prokurorlar Taşiyevga 9 yil söradi

Bişkekning Birinçi may tuman sudida hokimiyatni zöravonlik bilan tortib olişga tayyorgarlik böyiça jinoiy iş körib çiqilmoqda. Işning boş figuranti – Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev hisoblanadi.

Navbatdagi sud majlisi 29 iyun kuni sudya Aziret Mederov raisligida yopiq tartibda bölib ötdi.

Qirğiziston OAVlariga köra, muzokaralarda prokurorlar — iş böyiça barça ayblanuvçilarni aybdor deb topişni va ularga 9 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşni söragan.