Gurjistonga davlat taşrifi doirasida 2 iyul kuni Tbilisi şahridagi Orbeliani saroyida prezident Şavkat Mirziyoyev va Gurjiston prezidenti Mixail Kavelaşvilining muzokaralari bölib ötdi.

Özbekiston – Gurjiston köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Davlat rahbari Gurjiston prezidentiga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, uşbu mamlakatga davlat taşrifi sönggi 23 yilda ilk bor amalga oşirilayotganini alohida ta’kidladi.

Parlamentlar, hukumatlar va işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 270 million dollarga yetdi, qöşma loyiha va korxonalar soni ortib bormoqda. Mamlakat Gurjistonning birinçi raqamli banki – TBC muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Toşkent bilan Tbilisi va Batumi şaharlari örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning mart oyida Özbekiston poytaxtida Gurjiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötkazildi.

Özaro savdo hajmini, jumladan, Poti va Batumi portlari salohiyatidan samarali foydalaniş orqali yanada oşiriş masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi.

Farmatsevtika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va turizm sohalarida kooperatsiyani rivojlantiriş uçun imkoniyatlar mavjudligi körsatib ötildi.

Işbilarmonlik, turistik va gumanitar almaşinuvlarni yölga qöyiş uçun hududlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Mixail Kavelaşvilini mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi.