Şota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gurjiston boş vazirining örinbosari, taşqi işlar vaziri Maka Boçorişvili hamda boşqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tbilisi şahrida Gurjiston prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Davlat rahbarini Gurjiston prezidenti Mixail Kavelaşvili qarşi oldi.

Oliy martabali mehmon şarafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Yetakçilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Şu bugun ikki davlat prezidenti muzokara ötkazadi.

3 iyul kuni Özbekiston yetakçisi Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uçraşadi.