AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy NATO sammiti doirasida Turkiya poytaxti Anqarada uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«Prezident buni (Rossiya-Ukraina nizosi) yakunlashni qattiq xohlamoqda», — degan manba.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Suriya rahbari Ahmad ash-Shar’a bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.
NATO sammiti 7-8 iyul kunlari o‘tkaziladi.
4 iyul kuni Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgandi. U shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham suhbatlashgan. Putin Amerika yetakchisini AQSh mustaqilligi kuni bilan tabriklab, uni Rossiyaga taklif etgan.











