Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xalqaro hamkorlarga va Rossiya şaharlariga parvozlarni amalga oşirayotgan aviakompaniyalarga murojaat qildi. Bu haqda davlat rahbari ukrainaliklarga yöllagan keçki murojaatida maʼlum qildi.
«Bugun biz Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniyani, har bir suğurtaçini, Rossiyaning asosiy aeroportlaridan hamon foydalanayotganlarning barçasini ogohlantirmoqçimiz: Rossiya osmoni butkul xavfli bölib bormoqda», – deb taʼkidladi Zelenskiy.
Şu bilan birga, prezident taʼkidlaganidek, Ukraina fuqaro aviatsiyasining öziga – birorta ham fuqarolik samolyotiga tahdid solmaydi.
«Şunçaki Rossiya osmonida dronlar şu qadar köpayib ketadiki, bunga eʼtibor qaratişga töğri keladi. Garçi Rossiya hukumati bu haqda tegişli tarzda xabar bermayotgan bölsa-da, Rossiya osmoni de-fakto yopiladi: Rossiya tomonidan boşlangan uruş uning osmonini yopmoqda», deb qayd etdi Zelenskiy.
Prezident taʼkidlaganidek, Ukraina begunoh odamlarning halok bölişini istamaydi. Şu sababli Zelenskiy hamkorlarni ogohlantirmoqda:
«Rossiya osmonida xavfsiz daqiqalar qolmadi. Bu yerda, Ukrainada faoliyat yuritayotgan davlatlarning elçilari hamda Moskvada işlayotgan elçilar buni eşitişi muhim. Ularning har biri Rossiya uruşi mamlakatimiz, xalqimiz uçun nimani anglatişini aniq biladi va bu maʼlumotni öz poytaxtiga yetkazişi şart».
Davlat rahbarining qöşimça qilişiça, hozir avvalo Moskva, Sankt-Peterburg aeroportlari va Rossiyaning boşqa asosiy yönalişlariga parvoz qilayotgan tegişli aviakompaniyalar buni eşitişi muhim.
Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina Taşqi işlar vazirligi va tegişli muassasalar xalqaro tuzilmalarga Rossiya osmonidagi xavf-xatarlar haqida töliq maʼlumot taqdim etadi.
«Fuqaro aviatsiyasiga dronlar orasida örin yöq», – dedi prezident.


















