Bölajak iPhone 18 Pro özidan oldingi iPhone 17 Prödan qalinroq böladi, deb xabar berdi Fixed Focus Digital insayderi. Uning ma’lumotlariga köra, smartfon taxminan ikki millimetrga qalinlaşadi.
Demak, yangi smartfon korpusining qalinligi 9,9–10,9 millimetrni taşkil etadi. Hozirgi modelda bu körsatkiç 8,75 millimetrga teng. Kamera blokining börtib çiqqan qismi ham kattalaşadi — 11,54 millimetrgaça (avvalgisida 11,23 millimetr).
Ölçamlarning kattalaşişi yangilangan asosiy kamera bilan izohlanmoqda. Miş-mişlarga qaraganda, iPhone 18 Pro birinçi marta özgaruvçan diafragmali sensorga ega böladi. Aytgança, u Apple uçun hozirgi obektivdan qariyb 50 foiz qimmatroqqa tuşadi, bu esa qurilmaning yakuniy narxiga ham ta’sir qilişi mumkin.
Korpus hajmining ortişi akkumulyator bilan ham boğliq bölişi mumkin: miş-mişlarga köra, Pro Max versiyasining siğimi 5567 mA·soat (hozirgi avlodda 5088 mA·soat) körsatkiçiga oşadi. Şu bilan birga, smartfon ötgan yili taqdim etilgan tekis qirrali alyuminiy romlarni saqlab qoladi. Kompaniya hozirça titanga qaytişni rejalaştirmayapti.
Yangi flagmanlar sentabr oyida birinçi buklanma iPhone bilan bir vaqtda çiqarilişi kutilmoqda.








