Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni xalqaro ta’lim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etiş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda integratsiyalaşgan ta’lim dasturlarini keng joriy etiş masalalariga e’tibor qaratildi. Ta’kidlanişiça, qator oliygohlarda xorijiy universitetlar bilan qöşma dasturlar yölga qöyilgan. Ammo ular asosan ikki oliygoh örtasida taşkil etilib, talabalarning ta’lim yönalişini erkin tanlaş imkoniyati çeklangan. Xalqaro amaliyotda esa integratsiyalaşgan dasturlar talabaga öqiş davomida bir neçta universitetda ta’lim oliş, turli mamlakatlar akademik muhiti va ta’lim standartlaridan foydalaniş imkonini beradi.

Şu munosabat bilan Toşkent arxitektura-quriliş universiteti tarkibida Integratsiyalaşgan dasturlar oliy maktabini taşkil etiş taklif qilindi. Oliy maktabda ta’lim jarayoni Buyuk Britaniyaning Norzambriya va Hartfordşir universitetlari dasturlari asosida yölga qöyiladi. Keyingi bosqiçda Sapiyensa, Sautgempton, Glazgo kabi dunyoning nufuzli oliygohlari akademik talablariga moslaştirilgan ta’lim dasturlarini joriy etiş közda tutilgan.

Oliy maktabga akademik, moliyaviy va taşkiliy mustaqillik beriladi. Davlat idoralari, hamkor oliygohlar va yirik kompaniyalar vakillaridan iborat kuzatuv kengaşi taşkil etiladi. Bitiruvçilarga Özbekistonda tan olinadigan xorijiy hamkor oliygoh va oliy maktab diplomi beriladi.
Şuningdek, oliy maktab va hamkor ta’lim muassasalarida Britaniya standartlariga muvofiq 8-darajagaça bölgan ta’lim dasturlarini joriy qiliş, rahbar kadrlar uçun strategik fikrlaş, liderlik, raqamli boşqaruv, qaror qabul qiliş va natijaga yönaltirilgan boşqaruv böyiça malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş rejalaştirilgan.











