Rubio sudni Amerika suverenitetiga tajovuz qilişda aybladi va tribunalni qöllab-quvvatlaşni davom ettirgan mamlakatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi.
«Hukumatimiz ixtiyoridagi barça vositalardan foydalanib, ittifoqçilar bilan hamkorlikda, agar kerak bölsa, XJSni ğiştma-ğişt buzamiz», deb yozdi Rubio The Wall Street Journal gazetasidagi maqolasida.
Rubioning aytişiça, XJS AQŞga qarşi «öq va raketalar bilan emas, balki xalqaro huquq kuçi bilan uruş olib bormoqda».
Uning sözlariga köra, amerikalik harbiy xizmatçilar va siyosatçilar öz mamlakatini himoya qilgani uçun doimiy ravişda jinoiy ta’qib va hatto qamoq jazosiga tortiliş xavfi ostida çet el sudyalari hukmiga tuşib qolişi mumkin.
Davlat departamenti rahbarining ta’kidlaşiça, XJS «AQŞga nafrat bilan birlaşgan söl nohukumat taşkilotlari, özbilarmon globalistlar va uçinçi dunyo duşmanlari tarmoği» tomonidan qöllab-quvvatlanadi.
Davlat departamenti mamlakatlarni Rim statutida iştirok etişdan voz keçişga va XJSni moliyalaştirişni töxtatişga işontirmoqçi. Davlat departamentining nomi oşkor etilmagan vakili CNN telekanaliga ma’lum qilişiça, XJS yurisdiksiyasini tan olgan mamlakatlar sanksiyalar, kiriş taqiqlari va vizalarning bekor qilinişiga duç kelişi mumkin. Davlat departamenti, şuningdek, AQŞ huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qiladigan, öz hududida Amerika bazalarini joylaştiradigan yoki AQŞ himoyasidan foydalanadigan davlatlardan yordam kutişini ogohlantirdi.
Kampaniya Donald Tramp ma’muriyatining Haaga sudiga tazyiqining yangi bosqiçi böldi. Fevral oyida AQŞ prezidenti sud boş prokurori Karim Xon, uning ikki örinbosari va olti sudyasiga Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlari va Afğonistondagi amerikalik harbiylar bilan boğliq tergovlar uçun sanksiyalar kiritgan edi. Vaşington XJS yangi tergovlarni boşlaşi mumkinligidan xavotirda.
Niderlandiyaning Haaga şahrida joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi 2002 yilda Rim statuti asosida taşkil etilgan. AQŞ bu şartnomani ratifikatsiya qilmadi. Sönggi yillarda sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order berdi.












