Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ–Eron uruşi
AQŞ çorşanba kuni Eronga qarşi yangi zarbalar tölqini boşlaganini ma’lum qildi. Prezident Donald Tramp esa Tehronga «özini yaxşi tutişi lozimligi» haqida ogohlantiriş berdi.
AQŞ Markaziy qömondonligiga köra, 90 daqiqa davom etgan zarbalar tölqini — Eronning qirğoq mudofaasi tizimlari hamda uşbu oroldagi qanotli raketalarni saqlaş, uçiriş maydonlarini nişonga olgan. Ikkinçi tölqinda Eronning qömondonlik markazlari, raketa va dron salohiyatiga, jumladan, Bandar-Abbos şahridagi obektlarga zarbalar berildi.
Eron OAVlari poytaxt Tehronda havo hujumidan mudofaa tizimlari işlaganini xabar berdi. Ahvoz şahrida esa raketa zarbalari tufayli şifoxonalardan biri evakuatsiya qilindi.
Eron esa dronlar yordamida AQŞ armiyasining Iordaniyadagi aloqa tizimlari va omborxonalarini nişonga oldi. Iordaniya OAVlari öz harbiylari 8 ta dronni urib tuşirganini, hujum oqibatida heç kim jabrlanmaganini aytmoqda.
Eronning boş muzokaraçisi Muhammad Boqir Ğolibof davlat OAVlariga bergan bayonotida agar kelişuvdan foyda körilmasa, undagi majburiyatlarga rioya qilişi uçun «heç qanday sabab» yöqligini aytdi.
Donald Tramp çorşanba kuni zarbalardan keyin Eron hozir «xursand emasligini» aytdi: «Ular kelişuvga erişişni juda ham xohlamoqda. Biz qilayotgan işlar ularga umuman yoqmayapti. Biz ular bilan kelişuv imzolaşni xohlaymizmi yoki barçasiga çek qöyamizmi — buni tez orada bilib olamiz», dedi AQŞ yetakçisi.
Töqnaşuvlarga qaramay, Tramp Tehron tomonidan amerikalik mahbusning ozod etilişini — yaraşiş yölidagi potensial qadam sifatida olqişladi. AQŞ prezidentining sözlariga köra, uşbu fuqaro 2024 yil dekabr oyida «noqonuniy ravişda hibsga olingandi».
Rossiyada migrantlarga yana bir bosim
Rossiyada tarqalgan ksenofobik qaraşlar fonida migrantlar ustidan nazorat va ularga nisbatan kamsituvçi normalar kuçayib bormoqda. Xususan, kelajakda Rossiyaga boruvçi migrantlar mobil telefon sotib olişga majbur böladi, bu orqali hukumat ularni kuzatib borişi mumkin. Bu haqda içki işlar vaziri örinbosari Igor Zubov ma’lum qildi.
















