20 iyulga ötar keçasi 2026 yilgi jahon çempionati yakuniga yetdi. Argentinaliklar nafaqat mağlubiyat tufayli, balki bu Lionel Messining sönggi jahon çempionati bölganidan ham qayğuga botişdi.
Messi 39 yoşida ham katta turnirni juda kuçli ötkazdi, lekin yakunda özining «Barselona»dagi vorisi Lamin Yamalga çempionlikni boy berdi.
Öyin taqdiri 90-daqiqada Enso Fernandeş qizil kartoçka olganidan keyin amalda hal böldi, argentinaliklar tarkiblar son jihatdan tengligida ham passiv öynayotgandi, ispanlar esa son jihatdan ustunlikni hisobdagi ustunlikda aks ettirdi.
Öyin amalda bir darvoza tomon keçdi: Ispaniya öyin davomida 20 marta zarba berdi, şundan 12 tasi darvoza sohasiga töğri bordi va faqat darvozabonning seyvlari argentinaliklarni yirik hisobdagi mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Argentina esa faqat qöşimça bölimlar oxirida, 0:1 hisobida ortda borayotganida dastlabki zarbasini yölladi, bu holdayam Messi tepgan töpni Mikel Merino yuzi bilan tösib qoldi, jamoa 120 daqiqa davomida birorta aniq zarba bera olmadi.
Öyindan keyin esa argentinaliklar mağlubiyat alamiga çiday olişmadi: öyin davomida qöpollik qiliş bilan şuğullangan Paredes hakamlarning köz öngida avvaliga Erik Garsiyaning böynidan böğdi, keyin esa Gavini urib yiqitdi.
Ispaniya öz tarixida ikkinçi çempionlikni rasmiylaştirdi va bu borada Fransiya hamda Urugvay bilan tenglaşib oldi. Argentina hisobidagi titullar soni uçtaligiça qoldi.
Şu kuni JÇ tarixida ilk bor birinçi bölimdan keyin katta tanaffus yuzaga keldi: jamoalar odatdagi 15 daqiqa örniga 27 daqiqa kiyim almaştiriş xonasida qolişdi. Bu vaqtda esa gazonga Madonna, BTS, Ted Lasso obrazidagi Jyeyson Sudekis, Jastin Biber hamda Şakira kabi yulduzlar çiqib kelib, muxlislar uçun konsert qöyib berişdi.
Umuman, öyin şou bilan boşlanib, şou bilan davom etdi.
Quyida final öyinining asosiy lahzalari aks etgan suratlar.

























































