21 iyul kungi prezident selektorida Özbekistonning eksport salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça topşiriqlar berildi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi uç yilda eksportbop mahsulot çiqaradigan 509 ta yangi quvvat işga tuşirilgan. Bu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni taşkil etadi. Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligaça eksportga çiqmagan.

Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga çiqarsa, mamlakatga yana 1,5–2 milliard dollar valyuta tuşişi mumkin.

Yil boşidan 47 ta maxsus iqtisodiy zonadan 29 tasida umuman eksport bölmagani ham tanqid qilindi. Qolgan 18 tasidagi eksport hajmi 500 million dollardan oşmaydi.

Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” taşkil etib, 208 ta korxona va 29 ta maxsus iqtisodiy zonaga yuboriş topşirildi. Bu brigadalar korxonalarning sertifikat, aylanma mablağ, bozor va logistika bilan boğliq masalalarini tezkor hal etadi.

Şuningdek, ikki yildan buyon 300 million dollarlik 219 ta uskuna işlatilmay turgani, yana 619 million dollarlik 154 ta uskuna böyiça quriliş-montaj işlari yakunlanmagani qayd etildi. Bir oy muddatda bu boradagi vaziyatni joyida örganib, mavjud kamçilik va tösiqlarni bartaraf etiş topşirildi.

Mahalliy brendlarni qöşimça qöllab-quvvatlaş

Yiğilişda milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş masalasi ham muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, bu borada joriy etilgan tizim natijasida mahalliy brendlar soni ortib bormoqda. Sönggi ikki yilda milliy brendlar uçun 15,5 milliard sömlik moliyaviy yordam körsatilgan. Lekin öz brendini röyxatdan ötkazgan 309 ta mahalliy korxonaning uçdan biri haligaça eksportga çiqmagan.

Şavkat Mirziyoyev brend yaratgan tadbirkorlar sifat, narx va kafolat böyiça içki bozorda işonç qozonganini ta’kidladi. Ularga ozgina kömak berilsa, taşqi bozorlarda ham öz yölini topişi mumkin.

Şu bilan birga, ayrim import mahsulotlari demping narxda yoki kontrafakt sifatida kirib kelayotgani mahalliy işlab çiqaruvçilar raqobatiga salbiy ta’sir körsatayotgani aytildi.

Mutasaddilarga ikki haftada mahalliy brendlarni qöllab-quvvatlaş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.