Davlat aktivlarini boşqariş agentligi sobiq direktori Akmalxon Ortiqov va boşqalarga nisbatan jinoyat işi sudga oşirildi.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, iş doirasida sudlanuvçilar 6 kişi bölib, ulardan 2 nafariga, xususan Ortiqovga qamoq, qolgan 4 nafariga garov va munosib xulq-atvorda böliş ehtiyot çoralari qöllangan.

Sud majlislari jadvaliga köra, mazkur iş böyiça sud majlisi jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida 20 iyulga belgilangan. Sudya – Oçilov Hasan Raşidoviç.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi sobiq direktori Akmalxon Ortiqov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:

  • 167-modda (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v,g” bandlari;
  • 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi “a,b” bandlari;
  • 209-modda (Mansab soxtakorligi) 1-qismi hamda 2-qismi “a,b” bandlari.

Boşqa sudlanuvçilar (Kun.uz ularning iş joyini oçiq manbalar asosida aniqladi; mazkur şaxslarga qöyilayotgan ayblovlar körsatib ötilgan iş joylariga aloqador bölmasligi mumkin):

  • “Smart Expert Group” MÇJ baholaş kompaniyasi rahbari Jabborov Ziyoviddin Şavkatoviç;
  • “Veritas” MÇJ baholaş kompaniyasi ta’sisçisi va rahbari Niğmanxonov Zuhriddin Zayniddinoviç;
  • “Master Expert” MÇJ baholaş kompaniyasi ta’sisçisi Xalitkariyev Ravşan Pölatjonoviç;
  • “Kontinent Imkon Baho” MÇJ baholaş kompaniyasi rahbari