Polşa poytaxti Varşava şahri aeroportida mamlakatning vakolatli organlari tomonidan xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Interpolning Özbekiston milliy markaziy byurosi vakillariga rasman topşirildi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur şaxs yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Ekstraditsiya jarayoni Özbekistonning Polşadagi elçixonasi kömagida, Toşkent va Varşava Interpol milliy markaziy byurolari örtasidagi ikki tomonlama muzokaralar, axborot almaşinuvi hamda hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida amalga oşirildi.
Interpol kanallaridan samarali foydalaniş orqali qidiruvdagi fuqaroning transçegaraviy harakatlari aniqlanib, u Polşa hududida qölga olingan.
Polşa vakolatli organlarining ijobiy qaroridan söng qidiruvdagi şaxs sud oldida javobgarlikka tortilişi uçun Özbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topşirildi.









