Özbekistonning birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York şahriga taşrif doirasida Turkiya birinçi xonimi Emine Erdöğan taklifiga binoan uşbu mamlakat madaniy merosiga bağişlangan körgazma bilan tanişdi.
Ekspozitsiyada Anadoluning an’analari, hunarmandçilik va madaniyatni zamonaviy dizayn bilan birlaştirgan köp asrlik merosi taqdim etildi. Körgazmada milliy matolar, qölda töqilgan gilamlar, «telkari» va «kazaziyo» uslubidagi zargarlik buyumlari, kulolçilik namunalari, yonğoq daraxtidan öymakor sandiqlar va misdan qölda yasalgan idişlar namoyiş etildi.
Körgazmaga taşrif çoğida Ziroat Mirziyoyeva va Emine Erdöğan xalqlar örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaş haqida fikr almaşdilar.
Tadbirda, şuningdek, BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasi munosabati bilan Nyu-York şahrida bölib turgan boşqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari, xorijiy delegatsiyalarning yuqori martabali vakillari iştirok etdi.




















