Rossiya Davlat dumasi Soliq kodeksiga kiritilayotgan, yonilği bozoridagi narxlarni barqarorlaştirişga qaratilgan qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda ma’qulladi. Hujjatga köra, mamlakatda yonilği dempferi mexanizmi, birja savdolari tartibi hamda dizel yonilğisi importi böyiça kompensatsiya tizimi qayta körib çiqiladi.
Yangi qonun yonilği dempferi mexanizmini takomillaştirişni nazarda tutadi. Dempfer – bu davlat tomonidan neft kompaniyalariga içki bozorga yonilği yetkazib beriş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun tölanadigan kompensatsiya tizimi hisoblanadi. Rossiya hukumati uşbu özgartişlar içki bozorda yonilği taklifini köpaytiriş va narxlarning keskin özgariş xavfini kamaytirişga xizmat qilişini bildirmoqda.
Qonun loyihasi hukumat tomonidan neft mahsulotlari bozorini barqarorlaştiriş çoralari doirasida tayyorlangan. Avvalroq Rossiya hukumati benzinning majburiy birja savdosi hajmini qisqartirgan va içki bozorni yonilği bilan ta’minlaş maqsadida neft mahsulotlari eksportiga çeklovlar joriy etgan edi.
Yangi tartibga köra, minimal birja savdolari hajmini hisoblaşda birjadan taşqari amalga oşirilgan ayrim yetkazib beriş hajmlari ham inobatga olinadi. Bu holatlar röyxatini keyinçalik Rossiya hukumati belgilaydi.
Rossiya moliya vaziri örinbosari Aleksey Sazanovning ta’kidlaşiça, mazkur taşabbus asosan qişloq xöjaligi sohasining ehtiyojlari bilan boğliq. Hukumat neftni qayta işlaş zavodlari hamda qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarini yonilği bilan ta’minlovçi vakolatli kompaniyalar örtasida töğridan töğri şartnomalar tuziş mexanizmlarini muhokama qilmoqda.
Qonunga muvofiq, 2026 yil iyulidan 2027 yil iyuligaça örta distillyatlar (dizel yonilğisiga yaqin xususiyatlarga ega neft mahsulotlari) uçun ham dempfer kompensatsiyasi tölaş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, import qilinadigan dizel yonilğisi uçun ham benzinda qöllanayotgan tizimga öxşaş kompensatsiya mexanizmi joriy etiladi. Agar import qilingan dizel qiymati Rossiya ulgurji bozoridagi narxdan yuqori bölsa, importçilar aksiz soliği böyiça çegirma orqali xarajatlarining bir qismini qoplab olişi mumkin. Biroq bunday tölovlar faqat dizel yonilğisi va aviatsiya kerosini eksportiga çeklovlar amal qilgan davrlarda beriladi.
Qonunga köra, uçinçi davlatlardan import qilinadigan dizel yonilğisi uçun kompensatsiya hisoblaşda Hindiston bozoridagi narxlar asosiy mezon sifatida olinadi. Bunda Hindiston majburiy yetkazib beruvçi emas, balki narxlarni belgilaş uçun etalon sifatida tanlangan.








