Rossiya Davlat statistika xizmati - Rosstat ma’lumotlariga köra, joriy yilning iyun oyida neft mahsulotlari işlab çiqariş indeksi ötgan yilning mos davriga nisbatan 21,8 foizga pasaygan.

Taqqoslaş uçun, may oyida uşbu körsatkiç yillik hisobda 13,5 foizga kamaygan edi. Demak, iyun oyida pasayiş sur’ati yanada kuçaygan.

Tabiiy hajmlar e’lon qilinmaydi

RBK naşrining yozişiça, Rosstat mazkur indeksni tovarlar «savatçasi» qiymatini doimiy bazaviy narxlarda hisoblaş orqali şakllantiradi. Hozirgi hisob-kitoblarda 2023 yil bazaviy davr sifatida qabul qilingan.

Naşr ta’kidlaşiça, Rossiya hukumati qaroriga köra, mamlakatda neft mahsulotlari işlab çiqarişning tabiiy hajmlari (tonna yoki boşqa fizik ölçovlarda) haqidagi ma’lumotlar ommaga e’lon qilinmaydi.

Yonilği narxlari ösişi sekinlaşgan

Rosstat ma’lumotlariga köra, Rossiyada benzin va dizel yonilğisi narxlari ösişi ham biroz sekinlaşgan.

20 iyul bilan yakunlangan haftada benzin narxi 1,7 foizga oşgan. Oldingi hisobot haftasida esa bu körsatkiç 2,3 foizni taşkil etgan.

Dizel yonilğisi narxi esa 1,9 foizga qimmatlaşgan. Bir hafta avval ösiş 3,2 foiz bölgan.

Ukraina hujumlari yoqilği inqirozini kuçaytirdi

2026 yil yozida Ukraina tomonidan Rossiyaning neft omborlari va neftni qayta işlaş zavodlariga uyuştirilgan hujumlar kuçayişi ortidan mamlakatda töliq masştabli uruş boşlanganidan buyon eng jiddiy yonilği tanqisligi yuzaga keldi.

Reuters agentligi bahosiga köra, ukrain dronlari zarbalari natijasida Rossiyaning neftni qayta işlaş quvvatlarining taxminan 25 foizi töliq yoki qisman işdan çiqqan.

Bu holat ayrim hududlarda yonilği sotuviga çeklovlar joriy etilişiga olib kelgan. Şu bilan birga, Rossiya rasmiylari bozordagi vaziyat asta-sekin barqarorlaşayotganini ta’kidlamoqda.