Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyul kuni soat 01:20 larda Yunusobod tumanidagi Alisher Navoiy va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lexus rusumli transport vositasi harakatlanib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomashina shu yo‘nalishda oldinda harakatlanayotgan, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni yo‘llarda belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishga, tezlikni nazorat qilishga hamda o‘zlari va boshqa harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.