Hafta avvalida kuzatiladigan 31–36 darajali mö’tadil issiqlik ğöza, sabzavot va boğdorçilik ekinlarida parvariş işlarini samarali taşkil etiş uçun qulay imkoniyat yaratadi. Hafta örtasida ayrim hududlarda kuçli şamollar tuproq namligining tez yöqolişi va yoş ösimliklarga mexanik ta’sir körsatişi mumkin. Toğli hududlarda kutilayotgan jala yoğinlari mahalliy sel oqimlari xavfini oşirişi ehtimoli bor.
Dam oliş kunlariga kelib +40…+42 darajali jaziramaning qaytişi suğorişga bölgan ehtiyojni yana oşiradi. Şu bois suğoriş işlarini ertalab yoki keçqurun amalga oşiriş, şamolli kunlarda kimyoviy işlovlarni çeklaş hamda boğ va poliz ekinlarida namlikni saqlaş çoralarini kuçaytiriş maqsadga muvofiq böladi.










