Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri yoʻlovchilaridan kelib tushgan murojaatlar inobatga olinib, Dilsaroy koʻchasini jamoat transporti bilan taʼminlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 19-oktabrdan boshlab 100-sonli avtobus yoʻnalishining harakat yoʻli oʻzgartirilmoqda.

Ushbu yoʻnalishdagi avtobuslar Darxon, Yangi Olmazor, Dilsaroy, Sagʻbon koʻchalari orqali harakatlanadi.

Shuningdek, Katta Darxon koʻchasida joylashgan "Ekskavator zavodi" bekatining avtobuslarni sigʻdirish imkoniyati cheklanganligi inobatga olingan hamda yoʻlovchi tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida 19-oktabrdan boshlab 58-sonli avtobus yoʻnalishining harakati "Darxon maydoni" bekatigacha qisqartirilmoqda.