4 iyun kuni şoir va jurnalist Fozil Farhod ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani «Oqtepa» suv ombori yaqinidagi örmonni barpo qilgan Aleksandr Fedinni körişga borgani, ammo örmon undan olib qöyilgani, özi viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida qolayotgani haqida xabar berib, jamoatçilikni bu holatga e’tibor qaratişga çaqirdi.

Aleksandr Fedin 1959 yilda Tojikistonda tuğilgan, çaqaloqligida esa ota-onasi bilan Surxondaryoga köçib kelgan. U Jarqörğon tumanida voyaga yetgan, özbek tilida sözlaşadi.

1986 yilda uning qarindoşlari Rossiyaga qaytgan, özi esa Jarqörğonda qolgan. 

Fedin 1989 yilda Jarqörğonda davlatdan 4 gektar yer olgan. Qattiq va taşlandiq joyga daraxt ekib, boğ qilgan. Şundan keyin unga yana 80 gektar yer berilgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi ma’lumotlariga köra, bu örmonzorda 30 turga yaqin jonivor, 500 turdan ortiq daraxt mavjud (şulardan 50 turdagi daraxt va 12 turdagi hayvon «Qizil kitob»ga kiritilgan). Bundan taşqari, Fedin öşa yerda «Oqtepa» ov xöjaligi faoliyatini ham yölga qöygandi.

2023 yilda Fedin «Tabiat himoyaçisi» kökrak nişoni bilan mukofotlangan.

2025 yil avgustida esa prezident Şavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq, «Oqtepa» ov xöjaligi rahbari sifatida «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Fozil Farhodning hikoya qilişiça, 2025 yil oktyabrida Fedin öz örmonidan çiqarib yuborilgan va hudud harbiylarga ötib ketgan, u yerni ijaraga olgan şaxs dam olişga keluvçilardan tölov undira boşlagan.

Şundan keyin jurnalist Fedinni köriş uçun Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati böyiça Surxondaryo viloyati filialiga yöqlab borgan.

«Fedin bilan gaplaşdim. Kitobga qölxat yozib berdim. Xursand böldi. Qarovçilarga u noyob odam, yaxşi qaranglar dedim. U ruhiy kasal emas. Örmonidan ketkazişgani unga ta’sir qilgan. Hozir döxtirlar uni olib ketinglar deyapti. Ammo u boradigan joy yöq. Oxirgi paytlarda u ovçi döstlarining uyida yaşagan», – deydi Fozil Farhod.